So’nggi yangiliklar

11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  0 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  3 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  0 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  1 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  1 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  2 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  2 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  9 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2

Rasman: "Dinamo" ikki futbolchining transfer huquqini "Paxtakor"dan to'liq oldi Yangiliklar

Rasman: "Dinamo" ikki futbolchining transfer huquqini "Paxtakor"dan to'liq oldi

Superliganing barcha klublari qatorida Samarqandning “Dinamo” klubi ham ikkinchi davraga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Joriy mavsum avvalida “Dinamo” PFK boshqaruv tizimi o'zgargach, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, klub homiylari va rahbariyati tomonidan klub oldiga jamoa asosini yoshartirish, Samarqandda kurashuvchan klubni tashkil etib, mamlakat terma jamoalariga ham yosh iqtidorlarni etkazib berishdek vazifa qo'yilgandi.

SHunga muvofiq, “Dinamo” jamoasi birinchi davrada yosh va kurashuvchan tarkib bilan munosib to'p surish, muxlislarini xursand qilishga intildi.

Yil avvalida “Dinamo” PFK Toshkentning “Paxtakor” klubidan ijara asosida 23 yoshli darvozabon Botirali Ergashev va 20 yoshli yarim himoyachi SHohruh Abdurahmonovni taklif etgandi. Klub rahbariyati qaroriga ko'ra, “Dinamo” jamoasi “Paxtakor” klubi rahbariyati bilan ushbu ikki futbolchining huquqiy jihatdan to'liq “Dinamo”ga tegishli bo'lishi uchun muzokara olib bordi va yakunda “Dinamo” PFK Botirali Ergashev va SHohruh Abdurahmonovlarning transfer huquqini to'liq qo'lga kiritdi.

Bungacha ijara asosida to'p surgan Botirali Ergashev va SHohruh Abdurahmonovlar “Dinamo” PFK bilan 2021 yilning iyul oyigacha, yani yana ikki yillik shartnoma imzolashdi.

“Dinamo” PFK bundan buyon jamoa kelajagi sifatida ko'rilayotgan futbolchilari bilan uzoq muddatli shartnomalarni imzolash va yangilash hamda ularning transfer huquqini to'la qo'lga kiritish tizimini davom ettiradi.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика