So’nggi yangiliklar

14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  1 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  4 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  2 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  3 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  3 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  5 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  1

Rasman! CHorshanba - futbol o'ynash uchun eng omadsiz kun! "Napoli" uchun albatta Yangiliklar

Rasman! CHorshanba - futbol o'ynash uchun eng omadsiz kun! "Napoli" uchun albatta

Hozir sizga taqdim etadigan malumotlardan keyin bunga o'zingiz ham ishonch hosil qilasiz.

Neapolliklarning 2020 yil 8 iyulidan boshlab aynan chorshanba kunlari o'tkazgan uchrashuvlariga (aynan o'sha kuni jamoa o'zining oxirgi g'alabasini qo'lga kiritgandi) bir nazar tashlasak:

2020, 8 iyul: "Jenoa" - "Napoli" 1:2

2020, 15 iyul: Bolonya - "Napoli" 1:1

2020, 22 iyul: "Parma" — "Napoli" 2:1

2020, 16 dekabr: "Inter" - "Napoli" 1:0

2020, 23 dekabr: "Napoli" - "Torino" 1:1

2021, 6 yanvar, "Napoli" - "Speciya" 1:2

2021, 13 yanvar, "Napoli" - "Empoli" 3:2, Kubok 

2021, 20 yanvar, "Napoli" - "Yuventus" 0:2 Superkubok

2021, 3 fevral, "Napoli" - "Atalanta" 0:0 Kubok

2021, 10 fevral, "Atalanta" - "Napoli" 3:1, Kubok

2021, 3 mart, "Sassuolo" - "Napoli" 3:3

2021, 7 aprel, "Yuventus" - "Napoli" 2:1

2021, 24 noyabr, "Spartak" - "Napoli" 2:1, Evropa Ligasi

2021, 1 dekabr, "Sassuolo" - "Napoli" 2:2

2021, 22 dekabr, "Napoli" - "Speciya" 0:1

Natijada, 2020 yilning 8 iyulidan keyin jamoa faqatgina bitta g'alabaga erishgan — u ham Italiya Kubogida "Empoli" bilan bellashuvda. Bo'ldi, boshqa birorta g'alaba yo'q! CHempionatda undanda qo'rqinchli ko'rsatkich: 5 mag'lubiyat, 4 durang. 


Jamoa muxlislarining baxti, xursandchiligiga "Yuventus"ga qarshi o'yin 6 yanvar, payshanba kuni. 

Bo'lmagan gap, bu shunchaki tasodif deysizmi? 17-o'rindagi "Speciya" — raqib darvozasi tomon aniq zarba bermay, g'alaba qozongan A Seriyaning birinchi jamoasiga aylandi! Bunisiga nima deysiz? Tan oling, bunaqasi kamdan-kam uchraydi. Qayd etish lozim, "Speciya" yanvar oyida ham (o'shanda ham chorshanba edi!!!) "Napoli"ni yutib ketgandi 2:1. Tarifga so'z ojiz.   

Hozir "Napoli" avvalroq "Empoli" bilan o'yinda bo'lgani kabi deyarli 30 ta zarba yo'lladi, lekin o'zining golini ura olmadi (Losano qanday qilib Erlichni "poyladi"? Va Petanyaning hisoblanmagan goli). Bunaqasi chindan noyob hodisa: 

1. "Empoli" bilan o'yinda Spaletti shogirdlari ijrosida zarbalar "yomg'iri", keyin esa Angissa standartdan keyin Kutronening boshiga (boshining orqa qismi)ni poyladi 

2. "Speciya" bilan o'yinda yana ko'plab zarbalar berildi, keyin Juan standartdan so'ng, avtogol muallifiga aylandi — "Napoli" uchun mavsumdagi birinchisi 

Ketma-ket autsayderlarga boy berilgan uy uchrashuvlarini nima bilan izohlash mumkin? Umuman olganda "stadio Maradona"da qatorasiga uchinchi marta mezbonlar mag'lub bo'lmoqda, "Atalanta" bilan bellashuvdagi mag'lubiyatni qandaydir faktlar, raqibning kuchi, darajasi bilan izohlash mumkin bo'lsa, qolgan ikki bellashuv... 

"Napoli" muxlislarini bir narsa xursand qilayotganini aniq: birinchi davra kuchli uchlikda yakunlandi. ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasini hech kim bekor qilmagan. Biroq ortda qolayotgan ancha yaqin kelib ulgurgan: "Atalanta" 1 ochkoga ortda qolyapti, "Yuventus" - 5. "Umid qilamizki, barcha ko'ngilsizliklar va jarohatlar 2021 yilda qolib ketadi, yangi yilga esa to'liq tarkib va yangi kuch bilan kirishamiz" deb yozadi klub ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.  

SHu o'rinda oldinda Afrika Kubogi borligini unutmaslik lozim. Qo'shimchasiga, Kamerun termasi Angissani ham chaqirishga qaror qildi. Agar musobaqa bekor qilinmasa, Kalidu, Frank, Una - fevral o'rtalarigacha "aut". Balki, Osimxen ham — bu borada tibbiyot xodimlari muzokarasi davom etmoqda. Musobaqa 9 yanvar kuni start oladi, Afrikadan qaytgach, futbolchilar salomatligidan shikoyati bo'lmasa ham, bir hafta karantinda bo'lishlari shart.


Spalletti uchun yangi yilning ilk kunlari oson o'tmasligi aniq. U jamoani o'ziga keltirishi zarur. CHunki bunday mag'lubiyatlardan keyin futbolchilar ruhan sinib qolishlari ham hech gap emas. Balki oxirgi bellashuvda tribunalardagi muxlislar murabbiy va futbolchilarga hushtak chalib yaxshi qilishgandir, ana endi Lucho "uyg'onar". Buning ayni vaqti: oxirgi 8 turda 8 ochko — bu o'ziga xos "qo'ng'iroq". Spalletti ortiqcha bahona izlamayapti, ammo jarohatlar va yo'qotishlarni hamma ko'rib turibdi-ku. "Atalanta", "Lester" va "Milan"ga qarshi o'yinda — bu aniq sabab. Hattoki o'sha "Sassuolo" bilan ham, o'yin davomida uch nafar etakchi futbolchi safdan chiqdi. Biroq "Empoli" va "Speciya" — bu erda hech qanday bahonalar ketmaydi.


Nozima Zaripova tarjimasi 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика