Rasman: "Aston Villa" Koutinoni xarid qilish huquqi bilan mavsum so'ngiga qadar "Barsa"dan ijaraga oldi
07 jan 2022 14:47
Yangiliklar
Rasman: "Aston Villa" Koutinoni xarid qilish huquqi bilan mavsum so'ngiga qadar "Barsa"dan ijaraga oldi
"Aston Villa" yarim himoyachi Filippe Koutinoni "Barselona"dan ijaraga oldi.
29 yoshli xavbek mavsumning qolgan qismini Birmingem klubida o'tkazadi. "Barsa" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, kelishuvda o'yinchini mavsum so'ngida xarid qilish huquqi qo'shilgan.
Koutino "Barselona"ga 2018 yilda "Liverpul"dan o'tgandi. Braziliyalik 2019/20 yilgi mavsum "Bavariya" tarkibida ijara asosida harakat qilgan.
Hujumkor yarim himoyachi joriy mavsum "Barsa" safida barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar