So’nggi yangiliklar

01:54ОФК йилнинг энг яхшиларини эълон қилди  4 01:11"Forbes" йилнинг энг кўп маош олувчи футболчилари рейтингини эълон қилди  0 00:47Рўзиқул Бердиев: "Фабио Каннаваронинг ўйинга келгани ёқимли. Бироқ бу қаердадир ҳалақит қилиши ҳам мумкин"  0 00:31Пикфорд клуби билан шартномасини узайтирди  0 00:13Рафинья "Реал"га қарши ўйнаши мумкин  0 23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  2 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  2 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  60 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   16 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  7 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  7

"Raqobatdan hech qachon qochmaganman. Terma jamoadan esa taklif kutmagandim" - SHerzod Temirov bilan intervyu Yangiliklar

"Raqobatdan hech qachon qochmaganman. Terma jamoadan esa taklif kutmagandim" - SHerzod Temirov bilan intervyu

2021 yilda mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan "Paxtakor" jamoasi mavsum boshida tarkib bilan bog'liq bir nechta muammolarga duch kelgandi.

Ayniqsa xujum chizig'ida birgina Eren Derdiyokning qolishi, aksiga olib mavsum o'rtasida uni ham jamoani tark etishi Piter Xyuistrani o'ylantirib qo'ydi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Niderlandiyalik mutaxassis shunday qiyin pallada "Mashal"dan kelib qo'shilgan SHerzod Temirovga ishonch bildirishga qaror qildi. Hujumkor futbolchi mavsum davomida 18ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 8 bor aniq nishonga oldi. Jamoa bilan birga O'zbekiston Superkubogi va chempionligini qo'lga kiritdi. Yakunda Srechko Katanec Yaponiya bilan bo'ladigan o'yinga SHerdod Temirovni taklif qildi. Biz mavsum yakunida iqtidorli futbolchini suhbatga chorladik. 

-  Dastlab "Paxtakor"dagi ilk mavsumingiz haqida. 2020 yil  yakuniga etgach o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan, boshqa ambiciyalarga ega klubga kelib qo'shildingiz. Tarkibda esa o'sha paytda raqobat yuqori edi. Jamoaning muhim bo'lagiga aylanishingizni kutganmidingiz?

- Avvalambor assalomu aleykum. Intervyuga taklif qilganingiz uchun rahmat.  Birinchi galda chorlov uchun Jafar Irismetov va SHota Arveladzega minnatdorchilik bildiraman. "Paxtakor"ga chaqirilganimda boshida o'zim ham ishonmaganman. CHunki bu jamoada O'zbekistonning eng yaxshi futbolchilari to'p tepishadi. Ortda qolgan yil haqida gapiradigan bo'lsam, mavsumni ilk kunlaridanoq yaxshi boshlab oldik. Superkubokdagi g'alaba butun mavsum uchun katta motivaciya berdi, degan bo'lardim. 

Umuman olganda sovrin bilan boshlab sovrin bilan yakunladik. O'zim uchun esa qiyin kechdi. Yuqorida aytganimdek tarkibdagi tajribali va mahoratli futbolchilar bilan raqobatlashish talab etildi. Men hech qachon raqobatdan qochmaganman. Sabr va mehnat qilishda davom etaversak xudo albatta beradi. Yana bir gap natijalarim va yutuqlarimning barchasi ustozlar, jamoadoshlarimning yordami bilan bo'lyapti. 

- Eren Derdiyok mavsum o'rtasida jamoadan ketgach Piter Xyuistra sizga ko'proq imkoniyat bera boshladi. Bu paytda hujum chizig'ida hech kim qolmagandi. SHvecariyalik forvardning ketishi sizga yo'l ochdimi?

- Maqsadlari katta klubda o'zgarishlar bo'lishi tabiiy hol. Erenni ketishi shaxsan meni xursand qilgani yo'q. Boisi undan ko'p narsa o'rganardim, maslahatlarini ayamasdi. Gapingiz to'g'ri murabbiylar hujumda o'yinchi qolmaganini bilishdi, deb o'ylayman. SHuning uchun ikkinchi davrada xujumchi taklif qilingani bejiz emas. Menga esa imkoniyat berishda shoshilishgani yo'q. Yangi jamoaga moslashish, degan narsalar bor. Ular sabr qilib ishlashim kerakligini takidlashdi. Imkoniyatimni kutdim. Natijada o'zimni ko'rsatish vaqti keldi. Qanchalik uddaladim yoki uddalay olmadim bahoni chetdan ko'rganlar berishadi. 

- Srechko Katanec Yaponiya bilan o'yinga chaqirilgan tarkibga sizni ham kiritganini guvohi bo'ldik. Ushbu xabarni eshitishingiz bilan qanday hissiyotlar yuzaga keldi?

- Avvalambor bunday katta ishonch uchun Srechko Katanecga rahmat aytib qolaman. Terma jamoada to'p tepish har bir futbolchining orzusi bo'lsa kerak. Bu katta sharaf degani. Ochig'i men uchun kutilmagan bo'ldi. Xabarni eshitib ishonmadim. Hissiyotlarni so'z bilan tariflab berish qiyin. 

-  Bu yil ayniqsa ikkinchi davrada "Paxtakor"da nisbatan oson g'alabalar bo'lgani yo'q. Sizningcha jamoa uchun qaysi bahs eng qiyin bo'ldi?

- Mavsumga kelsak, oson o'yinlar bo'lmadi. Har bir jamoaga ochko kerak edi. Lekin jamoamiz bilan birlashib yana bir bor chempionlikni nishonladik. Bu yo'lda raqobatni engib o'tish lozim. Menimcha O'zbekiston kubogi yarim finalida "Bunyodkor" bilan kechgan o'yin eng qiyini bo'ldi, deya olaman. Penaltilar seriyasida omadimiz keldi.  

- SHu kungacha ko'plab murabbiylar bilan ishladingiz. Piter Xyuistra sizga qanday yangilik bera oldi?

- Piter Xyuistra juda yaxshi murabbiy. Kamchiliklarim ko'p edi. O'zi bilgan hujumchilarning o'yin uslublarini o'rgatmoqda. Juda kuchli mutaxassis, desam yangilishmayman. 

- Futbolchi sifatida qaysi jihatdan o'sish sezdingiz?

- "Paxtakor"dek katta klubga kelishning o'zi katta baxt. Top jamoaga o'tsangiz har tomonlama istaysizmi yoki yo'qmi o'sasiz. Hammasi oldinda. Qolganini vaqt ko'rsatadi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика