Ramos: "JCH-2026da ham o'ynay olaman"
13 mar 2021 00:50
Yangiliklar
Ramos: "JCH-2026da ham o'ynay olaman"
"Real" sardori Serxio Ramos faoliyatini yaqin vaqtlar ichida yakunlashni istamayotganligini aytdi.
"O'zimni kuchli his qilyapman. 34 yoshga kirib, o'zimni 28 yoshdagidek his qilyapman. 28 yoshli futbolchilar o'zini shunday his qilishadi. Agarda futbolni yakunlasam ham, bu jismoniy emas, balki ruxiy holatimga bog'liq bo'ladi.
2026 yilgi mundialda ham ishtirok eta olaman. O'shanda men olti mundialda o'ynagan yagona futbolchiga aylanaman. Bu gaplarimni ayni damdagi holatimga qarab aytyapman. 35 yoshdan oshgan futbolchilar o'zini men kabi tetik his qila olishmaydi", - dedi Ramos.
Fikrlar