Rakitich “Barselona”dan ketishni xohlamayapti
26 avg 2018 09:35
Yangiliklar
Rakitich “Barselona”dan ketishni xohlamayapti
“Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitich Kataloniya klubini tark etish istagi yo'qligini malum qildi.
“Meni o'z safida ko'rish istagini ko'plab jamoalar bildirdi. Lekin men “Barselona” libosida o'ynashni yaxshi ko'raman. Bunday qarorga kelishim uchun ko'p vaqt talab etilmadi. Oilam bilan maslahatlashgach, “Barselona”dan ketmaslikni afzal bildim”, - dedi Rakitich Goal.com saytiga bergan intervyusida.
Avvalroq, Franciyaning “Pari Sen-Jermen” klubi jahon vice-chempioni uchun 90 million evro taklif qilgan edi. “Barselona” rahbariyati esa bu orada Rakitich bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib oldi. Ivan “Barselona”ga 2014 yilning iyun oyida “Sevilya” safidan kelib qo'shilgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar