So’nggi yangiliklar

22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  0 22:25ОЧЛ-2. "Ал Аҳли" - "Андижон" 2:0 (матнли трансляция)  71 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  4 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  1 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  0 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2 17:50Риисе Клопп ҳақида: "Уни терма жамоа мураббийи сифатида кўряпман"  0 17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани иложи борича тезроқ узайтирмоқчи  5 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  23

Rahmat senga, "Energetik-BGU" Yangiliklar

Rahmat senga, "Energetik-BGU"

Hozirgi kunda hamma Abduqodir Husanovning dunyoning grand klubiga o'tishini kutmoqda.

"Lans"ga o'tishida va shu darajaga chiqishida Belarusning "Energetik BGU" klubi va u erdagi murabbiylarning mehnatini hech kim eslayotgani yo'q.

18 yoshli futbolchining kelajagiga ishonch bildirib asosiy tarkibga qo'shishgan murabbiylar oldinni ko'ra olishlarini isbotlashdi.




Umuman olganda "Energetik BGU" haqida ko'p iliq fikrlar bildirish mumkin.

1.Pandemiya vaqtida Jasurbek Yaxshiboevning o'yinlarini deyarli butun dunyo tomosha qildi va o'ziga bo'lgan ishonchni qaytara olgan Yaxshiboev keyinroq "Santiago Bernabeu"da "Real"ga gol urgandi.




2. Bir yil davomida Ukrainada futbol o'ynamagan Bobir Abdixoliqovga ishonch bildirildi. Bobir o'sha bir yil ichida Belarusdagi deyarli barcha individual sovrinlarni yutdi. Ikki yildan buyon o'z klublari bilan mamlakat chempioni bo'lmoqda.




3. "Paxtakor" zaxirasida qolib ketayotgan Rustam Turdimurodov "Energetik"da ijarada o'ynadi. To'g'ri hujumchi Belarus klubida umuman gol ura olmadi. Lekin futbolchi sifatida o'sa olganini 2024 yil "Andijon"da ko'rsata oldi va mavsum davomida 9 ta gol urishga erishdi. "Andijon"ning asosiy hujumchisi bo'lib oldi. Iyun oyida ham eng yaxshi futbolchi, ham eng chiroyli gol muallifiga aylandi. Bir yil avval o'z uyidan uzoqda, begona mamlakatda gol ura olmay, sabr qilib mehnat qilishda davom etgan Rustam bu yil mamlakat kubogini qo'lga kiritdi.




Qisqa qilib aytganda, rahmat senga "Energetik BGU"!

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика