Rade Petrovich: "Nasaf"ni mag'lub qila olgan yagona jamoa sifatida faxrlanishimiz mumkin"
09 noy 2024 20:30
Yangiliklar
Rade Petrovich: "Nasaf"ni mag'lub qila olgan yagona jamoa sifatida faxrlanishimiz mumkin"
Superliganing 24-turi doirasida "Nasaf" mag'lub qilinganidan keyin "So'g'diyona" yordamchi murabbiyi Rade Petrovich fikrlarini bildirdi.
- "Nasaf"ni chempionlik bilan tabriklayman. Ular ushbu mavsumni yuqori darajada o'tkazishdi va chempionlikka munosib edilar. CHempionlar ligasida ham munosib ishtirok etib, o'zbek futboli darajasi yuqori ekanligini ko'rsatishyapti.
Bizda o'yin uchun tayyorgarlik qiyin kechdi, yigitlarni shug'ullantirish oson bo'lmadi. O'tgan haftada "Surxon"ga mag'lub bo'lganimizdan keyin yigitlar bugun xarakter ko'rsata olishdi. Golgacha bizda uchta yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. CHempionga qarshi o'yinda darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik. Ushbu mavsumda "Nasaf"ni mag'lub qila olgan yagona jamoa ekanligimizdan faxrlansak bo'ladi. Ushbu mavsumda ikki marta ularni mag'lub qildik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar