Radamel Falkao: 24 yil oldin terma jamoa tarkibida JCHda maydonga tushib, gol urishni orzu qilgandim
25 iyu 2018 08:30
Yangiliklar
Radamel Falkao: 24 yil oldin terma jamoa tarkibida JCHda maydonga tushib, gol urishni orzu qilgandim
Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Radamel Falkao kecha Polsha termasi darvozasini ishg'ol qilishga erishdi.
Bu uning Jahon chempionatidagi 1-goli sifatida tarixga kirdi.
“Men bu haqida birinchi Jahon chempiotini televizorda ko'rganimda o'ylagandim. Yani, 1994 yilda. O'shanda bir kun kelib terma jamoa tarkibida maydonga tushib gol urishni orzu qilgandim. Oxirgi kunlarda esa bu haqida ko'p o'yladim. Biz g'alaba qozonishimiz shart bo'lgan holatda edik. O'z o'yinimizni ko'rsatib, Jahon chempionatida qolish haqida yigitlar bilan gaplashgandik. Birinchi uchrashuvdagi natijani o'zgartira olishimizga ishongan edik. Xudoga shukrki, biz nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsata oldik”,—dedi hujumchi.
Fikrlar