So’nggi yangiliklar

07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  4 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  24 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  2

Quvondiq Ro'ziev: Murabbiylarimdan minnatdorman Yangiliklar

Quvondiq Ro'ziev: Murabbiylarimdan minnatdorman

Metallurg – Lokomotiv uchrashuvida temiryo'lchilar safida yosh, nomi ko'pchilikka tanish bo'lmagan futbolchi Quvondiq Ro'ziev ham harakat qildi.
20 yoshli futbolchi shu kuni Oliy ligada o'zining ilk uchrashuvini o'tkazdi, boz ustiga debyut o'yinida u asosiy tarkibdan joy olgani etiborga molik. Aslida 20 yosh futbol uchun u qadar kichik sanalmaydi. Bu yoshida Pele, Maradona, Ronaldo, Messi singari charm to'p ustalari qanday karomatlar ko'rsatishgani futbolga daxldor insonlar uchun yaxshi ayon. Biroq, bizning bugungi futbolda natija ketidan quvish shu qadar avj oldiki, hatto murabbiylarimiz 24-25 yoshli o'yinchilarni ham hali yosh deya zaxirada saqlashiga ko'nikib qoldik va 20 yoshli futbolchilarning asosiy tarkibdan joy olishi o'zbek futbolida o'ziga xos voqeaga aylanmoqda. SHunday bo'lsa-da Lokomotivning yosh azosi o'zidan yomon taassurot qoldirmadi. Jamoamiz Bekoboddan qaytib kelgach biz Quvondiqdan klub sayti uchun maxsus intervyu oldik.

- Quvondiq, avvalo Oliy ligadagi debyut o'yiningiz muvaffaqiyatli chiqqanligi bilan tabriklaymiz.

- Rahmat.

- O'yin qiyin bo'lmadimi?

- Ochig'i bu Oliy ligadagi birinchi o'yinim bo'lgani, qolaversa safarda to'p surganimiz uchun boshida biroz hayajonlandim. Ammo, keyin jamoadoshlarim va murabbiylarning ko'magi yordamida o'yinga kirishib ketdim. Debyut o'yinimda jamoamizning g'alabaga erishgani esa ikki hissa yoqimli bo'ldi.

- Asli surxondaryoliksiz. Lokomotivga kelib qolishingiz qanday yuz bergan?


- Yoshligimdan futbolga qiziqaman. O'zimizda futbol to'garagiga qatnashib yurardim. 5-sinfda o'qib yurganimda murabbiyimiz men bilan birga yana to'rt-besh nafar bolani Toshkentga, Paxtakor futbol akademiyasiga ko'rikka olib keldi. Ilk mashg'ulotlardan keyin Paxtakorning 1994 yilda tug'ilgan bolalardan tashkil topgan jamoasining o'sha paytdagi murabbiyi Aleksey Evstafeev meni o'z jamoasiga qabul qildi. Dastavval Paxtakor futbol akademiyasida o'ynay boshladim. Keyin hatto 1994 yilda tug'ilgan o'smirlardan tashkil topgan terma jamoa yig'inlariga ham jalb etildim. Respublika olimpiya zahiralari kollejiga qabul qilindim. Kollejda o'qib yurganimda elkamdan og'ir jarohat oldim va buning natijasida ROZKdan ketishimga to'g'ri keldi. Futbolni tashlashni o'ylab qolgandim. Ammo, 2011 yilda Lokomotivning 2-ligada jamoasini tuzishdi. SHu jamoaga meni Rustam Oripov taklif qildilar. Avvaliga biroz o'ynadim, lekin jarohatim yangilandi. Yana yarim yilcha futboldan chetda qoldim. Sog'ayganimdan keyin Rustam aka yana jamoasiga chaqirib, menga imkon berdi. SHu bois bu insondan minnatdorman. Rustam aka menga xuddit otamdek bo'lib qolgan. 2012 yilni o'rtalarida jamoamiz Lokomotiv o'rinbosarlari bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va shu o'yindan keyin meni Marat Miftaxutdinov Lokomotivga taklif qildi.

- Oilangizda sizdan boshqa futbolga aloqador insonlar ham bormi?


- Men oilada to'ng'ich farzandman. Otam va qarindoshlarimning orasida futbolchilar yo'q. Ukalarim esa mening ortimdan borib futbol bilan shug'ullanishmoqda.

- Yaqinda jamoada bosh murabbiy o'zgardi. Yangi murabbiyning taktikasiga tushishda qiynalmayapsizmi?


- Yo'q. Vadim Karlenovich bizga maydonda qanday harakat qilish kerakligini aniq-tiniq tushuntirib bermoqda. Agarda murabbiyimiz istagandek o'ynay boshlasak, undan jamoa muxlislari rohatlanishadi, deb o'ylayman. Qolaversa, o'zimiz ham. Asosiysi, murabbiy menga ishonch bildirmoqda va buni oqlashga astoydil harakat qilaman.

- Sir bo'lmasa futbolda kimga o'xshashni havas qilasiz?

- O'zimizning futbolchilardan Dilshod Jabborov va Dilshod Raxmatullaevga o'xshagim keladi. Jahonda esa kumirim – Andrea Pirlo.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика