Qozog'iston. 2-tur. Geynrix va Kapadze maydonga tushmadi
22 mar 2014 18:44
Yangiliklar

Qozog'iston. 2-tur. Geynrix va Kapadze maydonga tushmadi
Bugun Qozog'iston premer-ligasining 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Ulug'bek Baqoev to'p tepayotgan "Irtish" klubi safarda "Spartak" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0. Baqoev o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qildi. "Irtish" keyingi o'yinni 29 mart kuni o'z uyida "Atirau"ga qarshi o'tkazadi.
"Spartak" - "Irtish" 0:0
SHavkat Salomov va Kamoliddin Murzoev faoliyat olib borayotgan "SHaxtyor" o'z maydonida Aleksandr Geynrix hamda Temur Kapadze to'p tepayotgan "Aktobe"ni qabul qildi. Bahs 1:1 hisobida o'z yakuniga etdi. Maydon egalari safida Murzoev 56-daqiqada almashtirilgan bo'lsa, Salomov ikkinchi bo'limning 63-daqiqasida zaxiradan tushdi. "Aktobe" safida Geynrix va Kapadze o'yinda qatnashishmadi.
"SHaxtyor" keyingi turni 29 mart kuni "Taraz"ga qarshi safarda o'tkazsa, "Aktobe" shu kuni o'z uyida "Spartak"ni qabul qiladi.
"SHaxtyor" - "Aktobe" 1:1
Gollar: Logvinenko, 45 (0:1). Jangilishbay, 65 (1:1).
CHetlatish: Xayrullin, 84
Qozog'iston chempionati. Musobaqa jadvali

Fikrlar