So’nggi yangiliklar

01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  1 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1

Qovun tushganda yoxud Peres va Bartomeudan vodiycha hangoma Yangiliklar

Qovun tushganda yoxud Peres va Bartomeudan vodiycha hangoma

Talabalik chog'imdagi ilk maqolam futboldan etti qadam narida bo'lgan, hikoya janridagi ijod bilan boshlangan.
O'sha paytlar "Toshkent oqshomi" gazetasida katta hikoyalarimni bosib chiqishardi. Ammo keyinchalik bari-bir futbol o'z ichiga meni tortib ketdi. Bittada ikkita ishni birdek olib borishga ko'zim etmaganligi uchun o'zimni faqat futbolga urdim. 3-kursda o'qib yurgan kezlarim sessiya paytida yozgan intermediyam uchun sal qolsa haydalib ketay degandim. Bugun o'sha davrlarni yodga oldim, odatda 4 ming so'mga uydan taksida ishga kelaman. Bugun 2-yo'nalishdagi avtobusga chiqib, futbolimiz haqida xayol surib kelar ekanman, quyidagi xanda miyamga o'rnashib qoldi. Ming so'mga ishxonaga etib keldim, qarasam ko'cha yuzida qovun sotishyapti. Bittasini tanlab necha pul desam, 3000 degan javobni oldim, bollar esin shu qovunni deb xarid qildim va avtobusda o'ylaganlarimga, QOVUN TUSHGANDA deya sarlavha qo'ydim.

Florentino Peres va "Barselona" prezidenti xanda qilayapti, vodiychasiga!

Xosep Bartomeu: - Peres, men sizni o'xshatdim...
Florentino Peres: - Nimaga?
Xosep Bartomeu: - PFLga...
Florentino Peres: - PFL bo'lsam nima qilardiz?
Xosep Bartomeu: O'yin boshlanishiga 2 kun qolganda, "Real"ni o'yinini keyingi yilga cho'zvorgan bo'lardim.
Iya-xi-xi-xi

Florentino Peres: - Men ham sizni o'xshatdim...
Xosep Bartomeu: - Ha, nimaga ekan?
Florentino Peres: - Jazirama issiqqa
Xosep Bartomeu: - Jazirama issiq bo'lsam nima qilar edingiz?
Florentino Peres: - "Barselona"ning o'yinini soat 16:00ga qo'yib, tuxumdek qovurilib pishishingizni bir tomosha qilardim...
Iya-xi-xi-xi

Xosep Bartomeu: - Yana, yanachi men sizni aytaymi kimga o'xshatdim?
Florentino Peres: - Ayta qoling endi...
Xosep Bartomeu: - Men Raulni Meksikada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisiga o'xshatdim
Florentino Peres: - Ha shunday bo'lsa nima qilardingiz?
Xosep Bartomeu: - Umidli, istedodli yosh o'yinchi deb Kanterada o'ynatardim
Iya-ha-ha-ha

Florentino Peres: - Menda yana bittasi bor...
Xosep Bartomeu: - Ha nima ekan?
Florentino Peres: - Men sizni Futbol Medga o'xshatdim
Xosep Bartomeu: - Futbol Med bo'lsam nima qilardingiz?
Florentino Peres: - "El Klassiko" o'tib olmagunicha Suaresga ruxsat bermas edim, SHakira to'yimga birrovga kelmasa, Pikega ham ko'zi xira deb tashxis qo'yib berardim
Iya-xu-xu-xu

Xosep Bartomeu: - Man sizni o'xshatdim
Florentino Peres: - Nimaga?
Xosep Bartomeu: - Kalkulyatorga
Florentino Peres: - Kalkulyator bo'lsam nima qilar edingiz?
Xosep Bartomeu: - Sizning uyingizda men, mening uyimda siz yutqazib berib uch ochko ishlab olardim
Vu-ha-ha-ha

Florentino Peres: - Men esa sizni Kinderga o'xshatdim
Xosep Bartomeu: - Kinder bo'lsam nima qilibdi, nabirangizga edirarmidingiz?
Florentino Peres: - Yo'q, baliq boqadigan akvariumga solib, "La Ligaga" qura tashlardim...
Zalda xandon kulgu...

Xosep Bartomeu: - Unda men sizni Superkubokka o'xshatdim
Florentino Peres: - Superkubok bo'lsam nima qilibdi, ko'tarsa Ronaldu ko'taribdi-da!
Xosep Bartomeu: - Yo'q, men sizzi yutib olib, bitta qulog'ingizni uzib tuvak qilib qo'yardim.
Xi-xo-haaaa...

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика