Qosimovning maqsadi nima?
01 apr 2014 13:37
Yangiliklar

Qosimovning maqsadi nima?
Ko'p yillardan beri "O'zbekiston futboli" gazetasi va FK "SHo'rtan" jamoasi matbuot kotibi lavozimida faoliyat olib borayotgan Tolibjon Qosimovning adashi SAda ham bor.
Uning ism-sharifi ham Tolibjon Qosimov. Faqat farqlash uchun biz uni Tolib "JUNIOR" deb ataymiz. Maqsadi aniq va tiniq bo'lgan bu bola yaqinda uylandi. Bazi hamkasblarimizni to'yiga taklif qildi.
- Alo, Zafar aka, (Zafar Qosimov) men Tolibjon Qosimov bo'laman. Palonchi kuni to'y qilayotgan edik. Palon restoranda, sizni kutaman.
Ko'p o'tmadi, "Bunyodkor" jamoasining yangi yil kechasiga taklif olgan jurnalistlar ichida men va Zafar aka ham bor edik. Zafar aka yonidagi hamroxiga gap qotdi.
- Yaqinda Tolib aka qo'ng'iroq qildilar, menimcha o'g'illarini sunnat qildilar shekilli, to'yga aytgan edilar, afsuski, bora olmadim.
"Va ha ha ha", deya ichimda kuldim. Aftidan, Zafar Qosimov, kichik Tolib Qosimovni katta Qosimov deb o'ylagan.
Kichik Tolibni tug'ilgan kuni bilan tabriklab saytga yozgan edik, katta Tolib Qosimovning telefon go'shagi hech tingani yo'q.
Tolib Qosimovning bu hayotdagi asosiy maqsadi - katta fermer xo'jaligini tashkil qilish va u erda o'z jamoasiga ega bo'lish. Hozircha u "Sony Plastation"da bu borada katta mehnat qilyapti. Unga "CHorsu" bozori yonidagi "tunukachilar" mahallasidan maxsus temir "jyostik"ka buyurtma berdik. Sababi, u har safar mag'lubiyatga uchrayotganida alamini "jyostik"dan oladi. Odatda u hamma o'yinda mag'lubiyatga uchraydi.
Nodirxo'ja Yuldashev

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar