So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  18 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  222 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Qosimov Jeparov bilan uchrashishi kerak (Erkin fikr) Yangiliklar

Qosimov Jeparov bilan uchrashishi kerak (Erkin fikr)

Janubiy Koreyaning “Seongnam Ilva CHunma” klubi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Server Jeparovning ishlari ko'ngildagidek kechmayapti.
Koreya milliy birinchiligida dastlabki sakkizta tur yakuniga etdi. “Seongnam” ikkita g'alaba, uch durang va uch mag'lubiyatdan so'ng 9 ochko jamg'argan holda 7-o'rinni egallab turibdi. Bu degani peshqadam “Poxang Stilers”dan etti ochkoga ortda qolyapti.

“Seongnam” o'zining oxirgi besh uchrashuvida atigi bir marta g'alaba qozondi, qolaversa, to'rt o'yinda birorta ham to'p kirita olmadi. Jeparov mana shu sakkizta bahsning ikkitasida maydonga tushdi va unda ham zaxiradan tushgani bois juda kam to'p tepdi. Klub bosh murabbiyi Park Jong Xvan o'zining deyarli har bir intervyusida Serverni tanqid qilish bilan ovora, go'yoki futbolchimiz maydonga tushganida jamoaning o'yini sekinlashib qolayotgani to'g'risida gapirmoqda.

Endi bularning bari matbuotda chiqayotgan gaplar. Aslida nima bo'layotganini esa bilmaymiz. Buning uchun J.Koreyaga borib klub murabbiylari, qolaversa, Jeparovning o'zi bilan uchrashib dildan suhbatlashishga to'g'ri keladi. Xo'sh, bunday imkoniyat kimda bor? Albatta, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovda! Malumki, Qosimov terma jamoa manfaati yo'lida “Bunyodkor”dan ketdi va bundan buyon bor etiborini faqat milliy jamoamizga qaratadi. Mirjalol Qo'shoqovich ayni paytda Toshkentda va oliy ligadagi bir nechta uchrashuvlarni MTJ ustozi sifatida kuzatdi. Poytaxtdagi o'yinlardan tashqari Olmaliqqa va vodiyga borib keldi.

Lekin terma jamoamizning asosiy kuchi baribir legionerlar ekanligini inobatga olsak, nazarimizda, Qosimov shu kunlarda shaxsan o'zi Koreya borib, Server bilan gaplashib kelmasa bo'lmaydiganga o'xshayapti. Etibor bering, chetda to'p surayotgan o'yinchilarimizdan birgina Serverdan tashqari qolgan hammaning ishi (ko'z tegmasin!) yaxshi ketyapti. Denisov “Loko”da, Ahmedov “Anji”da, Tursunov “Vorskla”da, Anzur esa Xitoyda bir maromda to'p tepyapti va ularning o'yinidan o'sha klublar murabbiylari xursand. SHuningdek, muxlislarning ham ko'ngli chog'.

Ammo Server Jeparov borasida bunday deya olmaymiz. Futbolchi hozir qanday ruhiy holatda qolgan? Uni nimalar qiynamoqda? Buning sabablari atroflicha o'rganilmasa bo'lmaydi. Matbuotda Jeparovning juda katta miqdorda maosh olayotgani yozildi. Lekin futbol shunday o'yinki, futbolchi harqancha ko'p pul topmasin, agar maydonga tushmaydigan bo'lsa, bu baribir o'ziga, o'yiniga tasir qiladi. Professional futbolchi hech qachon klub menga baribir oylik to'layapti-ku? o'ynamasam o'ynamabman demaydi. U o'yin ishtiyoqi bilan yashaydi, shundan nafas oladi.

Server Jeparov - terma jamoamiz sardori, uni harqancha tanqid qilmaylik, yurtimizda Serverga o'xshagan noyob futbolchilar nihoyatda kam. Agar unga hozirdanoq etibor qaratmasak, kelasi yil Osiyo Kubogida shunday yaxshi futbolchidan ajralib qolishimiz mumkin. Serverni qanday o'ynatish avvalo murabbiyga bog'liq. Murabbiylar undan to'g'ri foydalansa, terma jamoamiz safida raqiblar uchun undan-da xavfli futbolchi bo'lmaydi. CHunki undagi istedod, o'yinni o'qish, ajoyib to'p uzatish, jarima zarbalarini ustalik bilan amalga oshirish kabi qobiliyat har kimga ham berilavermaydi.

Mirjalol Qosimovning oliy ligada to'p surayotgan o'yinchilarni kuzatib borishi yaxshi, albatta. Biroq hammamiz ko'rib turibmiz, bizning chempionatda Osiyo darajasidagi futbolchilar haminqadar. Qolaversa, bu o'yinchilarni hadeb kuzatish ko'p ham qiziq emas. Lekin maqsadimiz Avstraliyadagi Osiyo Kubogida yaxshi natija ko'rsatish ekan, buning uchun avvalo bizga LEGIONERLAR kerak bo'ladi. Bundan Server Jeparov ham mustasno emas. SHunday ekan, agar Mirjalol Qosimov vaqt topib Jeparovning holidan xabar olib kelsa ayni muddao bo'lardi. Xo'sh, bu borada siz qanday fikrdasiz?

Xayrulla Xoliqov.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика