So’nggi yangiliklar

08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди?  0 07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  1 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  5 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  24 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  17 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  14 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  17 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  75 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  113

Qosimov terma jamoaga chaqirgan va "Paxtakor"da "ketmoni uchmagan" Navro'zbek Alimov hozir qaerda? Yangiliklar

Qosimov terma jamoaga chaqirgan va "Paxtakor"da "ketmoni uchmagan" Navro'zbek Alimov hozir qaerda?

Qoraqalpog'iston zaminidan O'zbekiston terma jamoasida to'p tepgan futbolchilar sanoqlini tashkil qiladi.

Berdax Allaniyozov keyinchalik Nematulla Qutiboev, uning davomchilari Salamat Qutiboev kabi futbolchilar turli davrlarda milliy jamoamiz sharafini himoya qilishgan. 2014 yilga kelib yana bir qoraqalpog'istonlik futbolchi muxlislar etiboriga tushdi. Osiyo kubogi-2015 musobaqasiga tayyorgarlik ko'rayotgan termamizning may oyidagi yig'iniga Mirjalol Qosimov bir qator yangi nomlarni jalb qildi. Ular orasida Navro'z Alimov ham bor edi. 1992 yilning 25 mart kuni tavallud topgan Navro'z 2011 yili Azamat Allaniyazov "Orol"ni tark etganidan so'ng, jamoaning asosiy hujumchisiga aylandi. Baland bo'yli, gavdali hujumchi ayniqsa ikkinchi qavatlarda raqiblar uchun ancha xavfli edi. Birinchi ligadagi ajoyib o'yinlari va gollaridan so'ng u uzoq vaqt Nukusda qolmasligi aniq edi.

2012 yili u "Aral"dan Samarqandning "Dinamo"siga o'tib ketdi. Biroq jarohat oldi va keyinchalik operaciya bo'ldi. SHundan so'ng futbolchi yana Nukusga qaytishga qaror qildi.

2013 yili 21 yoshli hujumchi Navoiy viloyatining "Qizilqum" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Birinchi mavsumni hujumchi o'rtacha o'tkazdi. 15 uchrashuvda ishtirok etgan Alimov Samarqandning "Dinamo" va G'uzorning "SHo'rtan" jamoalari darvozalarini ishg'ol qildi. SHuningdek Kubok o'yinlarida "Lokomotiv- BFK" bilan kechgan bellashuvda ham u gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

2014 yili Alimov uchun judayam omadli keldi

Hujumchi Oliy ligada 17 o'yinda maydonga tushib "Paxtakor" va "Navbahor" bilan bo'lgan to'qnashuvlarda gol urishning uddasidan chiqdi. Bo'ydor hujumchi shundan so'ng terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning nazariga tushdi va termaga taklif etildi. Ummonga qarshi Toshkentda o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinida termadagi debyutini nishonlagan qoraqalpog'istonlik futbolchi yil davomida 11 ta o'rtoqlik o'yinida 2 marta raqiblar darvozasini aniq nishonga oldi. Iordaniya va BAA darvozabonlari Navro'zning zarbasini qaytara olishmadi. O'sha yili u Osiyo o'yinlarida ham ishtirok etib 2 ta o'yinda maydonga tushgan edi. 2015 yilda "Paxtakor"ga yo'l olgan Alimov poytaxt klubida ko'ngildagidek to'p tepmadi. O'yin amaliyotisiz qolishi ortidan terma jamoada ham boshqa ko'rinish bergani yo'q. Navro'z 2016 yili faoliyatini "Qo'qon-1912" jamoasida davom ettirdi. Biroq uning Qo'qondagi faoliyati ham bir tekis chiqmadi. 2022 yilda butsalarini "Aral Samali"da mixga ilgan to'p tepar o'tgan mavsumda Birinchi ligada "Jayxun" jamoasida murabbiylik faoliyatini boshladi. U bugungi kunda Birinchi liganing boshqa bir jamoasi "Aral akademiya" jamoasida murabbiy sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Intervyu. Navro'z Alimov: "Paxtakor"ga o'tganim faoliyatimdagi birinchi katta xatoim bo'lgan. Meni ishontirishgandi"

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика