So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  9 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  11 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Qosimov “Bunyodkor”ni tark etdi! (Munosabat) Yangiliklar

Qosimov “Bunyodkor”ni tark etdi! (Munosabat)

Bugun “Bunyodkor”ga oid rasmiy xabar chiqdi. Yani, shu paytgacha klub bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Mirjalol Qosimov o'z lavozimini tark etdi va bundan buyon bor etiborini milliy terma jamoaga qaratadigan bo'ldi.
Bu gap sal oldinroq tarqalgan edi. Yani, Osiyo Kubogi-2015ga qura tashlanishidan oldin. Bizga malum bo'lishicha, O'FF rahbari Mirabror Usmonov Mirjalol Qosimovni yoniga chaqirib, terma jamoa yoki klubdan bittasini tanlashini so'ragan. Qosimov esa o'ylab olish uchun biroz vaqt olgan va qura natijalari malum bo'lgach, terma jamoa variantida to'xtaldi.

Buning ustiga “Bunyodkor” Osiyo chempionlar ligasida qiyin ahvolda qoldi. Klubning guruhdan chiqa olmasligi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. Qolaversa, jamoa o'yinida mazmun yo'qolgandek. Bu esa Qosimovning ketishiga sabab bo'ldi. Fikrimcha, Qosimovga bir muddat tanaffus kerak edi. Albatta, u kishining ish faoliyatiga aralashish niyatim yo'q. Lekin insoniylik tarafdan olib qaraganda, aytaylik, oxirgi ikki-uch yilda Qosimov deyarli dam olmasdan ishladi. Doim katta bosim ostida yurdi. Mana shuning uchun ham tanaffus kerak edi.

Malum muddat dam olgan murabbiy o'z ishiga yanada chanqoqlik bilan sho'ng'iydi. Buni evropalik murabbiylar misolida ko'p bora ko'rganmiz. Ana endi Qosimov ham bor etiborini milliy terma jamoaga qaratadi. Futbolchilarni kuzatadi, raqiblarni o'rganadi, jamoani Osiyo chempionatiga tayyorlaydi.

“Bunyodkor”ni esa hozircha Volkov – Otajonov – Ergashev – Sarkisyan kvarteti boshqarib turadi. Lekin jamoaga albatta yangi bosh murabbiy kerak. CHunki chempionlik uchun kurashadigan klubda bitta BOSH bo'lishi shart. Faqat kimligini hozircha bilmaymiz. Qosimov esa nazarimda “Bunyodkor”dan ketib to'g'ri qildi. CHunki baribir ikkita jamoani boshqarish nihoyatda og'ir.

Xabaringiz bor, shu yilning kuzida Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Mana shu musobaqaga ham terma jamoani Qosimov olib borar ekan. Undan keyin qishda Osiyo Kubogi o'tkaziladi. Xullas, bu yog'iga ish ko'p. Tayyorgarlik, yig'inlar, o'rtoqlik uchrashuvlari degandek. Demak, Qosimov uchun yangi rejalar endi boshlanadi. Biz bu borada Mirjalol Qo'shoqovichga omad tilab qolamiz.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика