So’nggi yangiliklar

13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  0 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  0 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  8 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2

Qoraqalpog'istonlik futbolchilar Osiyo maydonlarida Yangiliklar

Qoraqalpog'istonlik futbolchilar Osiyo maydonlarida

“Qoraqalpoq futboli” rukni ostidagi maqolalar turkumini davom ettiramiz.

Bu safar Osiyo maydonlarida harakat qilgan qoraqalpog'istonlik futbolchilar haqida to'xtalib o'tamiz.

Oybek Nurboev. 7 o'yin
O'ynagan jamoasi: “Neftchi” (7-0)
Nurboev 2012 yili Osiyo CHempionlar ligasi saralash bosqichi doirasida Dubayning “Al SHabab” jamoasiga qarshi o'yinda ishtirok etgan. O'shanda jamoa yirik hisobda yutqazib qo'yib, OFK kubogiga yo'l olgan edi. OFK kubogi musobaqasida Oybek 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Farg'onaliklar musobaqaning guruh bosqichidan chiqib, nimchorak finalda Iroqning “Arbil” jamoasiga imkoniyatni boy berishgan edi.

Azamat Allaniyazov. 5 o'yin
O'ynagan jamoasi: “Nasaf” (5-0)
Allaniyazov 2011-2016 yillar davomida “Nasaf” libosida Osiyo maydonlarida 5 ta uchrashuv o'tkazgan. U 2014 yili CHempionlar ligasi saralash bosqichida ‘Al Jaish”ga qarshi o'yinda debyut qilgan edi. O'shanda qarshiliklar yirik 1:5 hisobida yutqazib musobaqa bilan xayrlashgandi. 2016 yilda Azamat CHempionlar ligasida guruh bosqichida to'rtta bahsda maydonga tushdi. Biroq unga bu o'yinlarda gol urish nasib etmadi. Umuman olganda hujumchi OCHLda 303 daqiqa davomida bitta sariq kartochka oldi.


Salamat Qutibaev. 3 o'yin – 1 gol
O'ynagan jamoasi: “Lokomotiv” (3-1)
Qutibaev 2017 yili “Lokomotiv” tarkibida Osiyo CHempionlar ligasida debyut qildi. U birinchi davradagi 3 ta uchrashuvda jami 169 daqiqa harakat qildi. Salamat Toshkentda Dubayning “Al Ahli” jamoasi bilan o'yinning 1 daqiqasidayoq gol urib, OCHL tarixidagi eng tezkor golga mualliflik qildi. Afsuski yarim himoyachi keyinchalik jarohat olib, bu musobaqada boshqa maydonga tushmadi.


Furqat Yusupov tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика