So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Qoraqalpog'iston safarining ilk kunidan GALEREYA Yangiliklar

Qoraqalpog'iston safarining ilk kunidan GALEREYA

14-15 aprel kuni o'zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasida futbol festivali bo'lib o'tadi.

Tush vaqtiga yaqin Nukus shahriga etib kelgan delegaciya azolari tantanali ravishda kutib olindi.

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligadi delegaciya Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol faxriylari, futbolga ulkan hissa qo'shgan insonlar — Mixail Solohin va Serik Ismailov xonadonlariga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Qoraqalpog'iston futbolining yorqin tarixi va faxriylarning o'lka futboli uchun qo'shgan o'rinlari eslab o'tildi.

Futbol faxriylariga o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan ko'krak nishoni va esdalik sovg'alari topshirildi.

SHundan so'ng delegaciya azolari Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'lalar-o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda bolalar-o'smirlar maktabining faoliyati, infratuzilmasi va mavjud shart-sharoitlari ko'zdan kechirildi. Qoraqalpog'iston miqyosida bolalar futbolining infrastrukturasi yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida futbol faxriylari tomonidan akademiya hududiga manzarali daraxt ko'chatlari ekildi. 

Uchrashuv yakunida o'zbek futbolining uch avlod vakillari o'rtasida uchrashuv tashkillashtirildi va faxriylarimiz akademiyaning yosh tarbiyalanuvchilariga o'z tajribasi va maslahatlari bilan o'rtoqlashdilar.

Rejaga muvofiq, delegaciya azolari kun yarmidan og'ganda O'zbekiston kubogi doirasida "Aral Somali" - "Yangier" uchrashuviga tashrif buyurishdi. Uchrashuv mehmonlarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

O'zbekiston kubogi doirasidagi "Aral Samali" - "Yangier" uchrashuvidan oldin bir guruh futbol faxriylari taqdirlandi.

Ertaga ham bir qator tadbirlar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика