So’nggi yangiliklar

09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  1 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  2 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  12 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  8 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  4 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  7 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  14 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federaciyalarining umumiy ahvoli tekshiruvdan o'tkaziladi Yangiliklar

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federaciyalarining umumiy ahvoli tekshiruvdan o'tkaziladi

Teglar :  Qoraqalpog'iston
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida olib borilayotgan chora-tadbirlar o'rganiladi va tegishli xulosalar chiqariladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 3 dekabrdagi 304-sonli “Respublikamizda futbolni rivojlantirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish, uning aholi salomatligini mustahkamlash va jismoniy madaniyatini yuksaltirishdagi rolini oshirish bo'yicha Qarori” ijrosini taminlash, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federaciyalarining futbolni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash masalalaridagi faoliyatini  faollashtirish, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarini nazorat etish va ularga amaliy yordam ko'rsatish maqsadida, O'zbekiston Futbol Federaciyasining bir qator rahbar xodimlari hududlar bo'yicha javobgar shaxs etib biriktirildi.

Mazkur rahbar xodimlar tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida olib borilayotgan chora-tadbirlar o'rganiladi va tegishli xulosalar chiqariladi.

Hududlarni o'rganish jarayonida quyidagi jihatlarga alohida ahamiyat qaratiladi:

-Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federaciyalarining umumiy ahvoli;

-hududiy bolalar va o'smirlar futbol maktabi va futbol klublarining infratuzilmalari, u erdagi shart-sharoitlar;

-ayollar futboli, mini futbol, sohil futbolini rivojlantirish  bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;

-moliyaviy va kadrlar bo'yicha masalalar;

-musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish jarayonida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar;

-murabbiylarni o'qitish va ularning malakasini oshirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar;

-OAV va jamoatchilik, shu jumladan, muxlislar bilan ishlash jarayoni.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика