So’nggi yangiliklar

21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:22"Антверпен" — "Ауд-Хеверле Лёвен". Таркиблар маълум  2 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  22 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 20:04"Ризеспор" — "Гёзтепе". Чемпионатнинг илк тур ўйини учун таркиблар маълум  0 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 18:28Суперлига 17-тур учрашувларидаги ҳакамлик қарорлари таҳлили  2 16:55"Насаф" охирги бор Фарғонада "Нефтчи"ни қачон ютган?  17 16:30Суперлига. Марказий ўйинларга бой 18-тур превьюси  5 16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0 15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  2 14:50"Челси" ёзда Вейгани сотиб юборишга тайёр  0 13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0

Qo'qondagi turnir yakunlandi Yangiliklar

Qo'qondagi turnir yakunlandi

Teglar :  Qo'qon
Bir necha kun davomida Qo'qonda o'tkazilgan musobaqa yakuniga etdi.

Biz sizlarga  Qo'qon shahrida “9 may xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan futbol akademiyalari, professional futbol klublari tasarrufidagi futbol maktablari hamda sport maktablarining futbol bo'limi tarbiyalanuvchilari o'rtasida, “Qo'qon-1912” (Temiryo'lchi) jamoasining sobiq futbolchisi va ichki ishlar xodimi, marhum Nazarov Abror O'lmasovich  xotirasiga bag'ishlangan turnir bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergan edik.

Respublikamizning turli shahar va tumanlaridan 2007-2010 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat jami 6 jamoa ishtirok etgan musobaqa festival ko'rinishida o'tkazildi. Kecha musobaqaning yakuniy o'yinlari hamda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda marhum Abror Nazarovning yaqinlari, do'stlari hamda faxriy futbolchilar ishtirok etishdi. Tashkilotchilar tomonidan musobaqaning barcha ishtirokchilariga sovg'alar tarqatildi. Bolajonlarning ko'zlaridagi quvonchni ko'rgan har bir inson yana bir bor bolalik chog'larini esladi.

Yuqori saviyadagi tashkilotchilikdan musobaqaga tashrif buyurgan barcha jamoalar xursand bo'lib uylariga qaytishdi. Buni quyidagi suratlarda o'zingiz ham ko'rishingiz mumkin. Mana shunday turnirlarning o'tkazilishi kelajak avlodni sportga, xususan futbolga bo'lgan mehrini yanada oshishiga sabab bo'lishi aniq.




Akramjon Mamadaliev.
Suratlar muallifi Komiljon Xamidov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика