So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  1 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

"Qo'qon-1912" yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi

Bugun “Qo'qon-1912” futbol klubi Qo'qon shahrida o'z muxlislari bilan uchrashdi. Uchrashuv Qo'qondagi “Markaziy” stadionida bo'lib o'tdi.

"Qo'qon-1912" jamoasining futbolchilari va jamoa rahbariyati muxlislaring olqishlari hamda jamoa gimni sadolari ostida stadionga chiqib kelishdi.

Uchrashuvni "Qo'qon-1912" futbol klubi matbout kotibi Akramjon Mamadaliev ochiq deb elon qildi. Dastlabki so'z jamoa prezidenti Baxtiyorjon Tolipovga berildi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. Bugun sizlar bilan uchrashib, ananaga ko'ra yangi mavsum oldidan jamoa safiga kelib qo'shilgan yangi o'yinchilarni tanishtirish hamda siz azizlar bilan fikr almashish uchun bu joyga yig'ildik. Kelayotgan mavsumga tayorgarlik ko'rishda murabbiylar juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishdi. O'ylaymanki siz aziz muxlislarni o'zlarining chiroyli o'yinlari va g'alabalari bilan xursand qila oladigan tarkibni jamlay oldik. Biz bu mavsumda nafaqat Qo'qon shahri balki Farg'ona viloyati sharafini himoya qilamiz. Bu narsa bizga yanada ko'proq masuliyat yuklaydi. "Markaziy" stadionimizda ham PFL talablaridan kelib chiqib katta ko'lamdagi ishlar amalga oshirildi. Maydon maysasi to'liq yangilandi. SHuning uchun vaqtincha raqiblarimizni Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida qabul qilamiz. Mutaxassislar bilan maslaxatlashgan holda may oyining ikkinchi yarmida yoki iyun oyidan boshlab o'z maydonimizda raqiblarni qabul qilamiz. Kelayotgan mavsumda jamoamiz har yilgidan yuqori maqsadlarni ko'zlab maydonga tushadi. Biz bu yil sovrinli o'rinlar uchun kurashamiz - dedi Baxtiyorjon Tolipov.



SHundan keyin jamoa safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar: Boyan Knejevich, Milosh Nikolich, Jamshid Hasanov, Jasur Hasanov, Timur Hakimov, Timur Usmonov, Javohir Esonqulov va SHaxboz Erkinov keng ommaga rasman tanishtirildi va ularga tantanali tarzda ismlari tushirilgan futbolkalar topshirildi.

Jamoa safiga yangi qo'shilgan futbolchilar muxlislarga to'p bilan master-klass namoyish qilib berishdi. Futbolchilar foydalangan to'plarni muxlislar o'tirgan sektorlarga tepib , muxlislar uchun o'ziga xos sovg'alarni taqdim qilishdi.

Kim qaysi raqamda to'p tepadi: Boyan Knejevich - 89, Milosh Nikolich - 55, Jamshid Hasanov - 7, Jasur Hasanov - 16, Timur Hakimov - 11, Timur Usmonov - 21, Javohir Esonqulov - 13 va SHaxboz Erkinov – 22.


O'tkazilgan tadbirda muxlislarga ham mikrofon taqdim qilindi. Ular jamoa rahbariyati va futbolchilarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Marosim so'nggida muxlislar o'zlarining suyukli futbolchilari bilan esdalik uchun suratlarga tushishdi.

Bugungi tadbirda «Futbol Ekspress» gazetasining muxbiri  Abdulxafiz Abdulaziz o'g'li Abduhamidov  ham ishtirok etdilar. Uchrashuvdan so'ng muxlislar klubi faollari hamda OAV xodimlari o'rtasida ham qizg'in suhbat bo'lib o'tdi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика