So’nggi yangiliklar

21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  0 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  28 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  3 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  42 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  13 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  20 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

"Qo'qon-1912" va "Lokomotiv" nazorat bahsida jangovar durang qayd etishdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" va "Lokomotiv" nazorat bahsida jangovar durang qayd etishdi

Superliga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib borishmoqda.

Toshkentda yig'in o'tkazayotgan "Qo'qon-1912" jamoasi bugun "Lokomotiv"ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Bahs shiddatli tarzda kechdi. O'yinning 56-daqiqasida qo'qonliklar hisobni ochishdi. Quvondiq Ro'zievning shedevr pasidan so'ng Hasanov to'pni to'xtatmasdan kuchli zarba bilan Nesterov darvozasiga joylab qo'ydi.

64-daqiqada Temurxo'ja Abduholiqov hisobni tenglashtirdi. Himoyadagi xatodan "temiryo'lchilar" unumli foydalanishdi.
74-daqiqada "Loko" darvozasiga ikkinchi to'p kiritildi. toshkentliklar o'z jarima maydonchalari ichida raqibga qarshi qo'pollik ishlatishdi. Bosh hakam raqib darvozasi tomon penalti belgiladi. Ivan Yosovich penaltini aniq amalga oshirib jamoasini oldinga olib chiqdi.

O'yinning so'nggi daqiqalarida hujumkorlikka zo'r bergan "Lokomotiv" futbolchilari 80-daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Bu safar zaxiradan maydonga tushgan SHahzod SHaymanov gol muallifiga aylandi.


Aytish mumkin-ki, bu "Qo'qon-1912" jamoasining Toshkentdagi yig'in doirasidagi so'nggi nazorat bellashuvi bo'ldi.

Nazorat o'yini
"Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" 2:2
Gollar:
Muhammadanas Xasanov 56, Ivan Yosovich 74 pen. - Temurxo'ja Abduholiqov 64, SHahzod SHaymanov 80.

"Qo'qon-1912": Botirali Ergashev, Bobur Akbarov, Ivan Yosovich, Aleksandr Merzlyakov, Avaz Mamatxo'jaev, Quvondiq Ro'ziev, Oybek Rustamov, Sardor Azimov, Suhrob Berdiev, SHohnazar Norbekov, Otabek Haydarov.
Zaxiradan tushganlar: Islom Abdullaev, Iqbol Malikjonov, Jasur Yoqubov, Muhammadanas Hasanov, Bek Abdullaev, Zohid Abdullaev, Hamidullo Abduhamidov.

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Slavko Damyanovich (Farruh Ibrohimov, 46), Davron Umirov (Avaz O'lmasaliev, 69), Kaxi Maxarazde, Kirill Pogrebnyak, Marat Bikmaev (Javohir Alijonov, 83), Temurxo'ja Abduxoliqov (Ibrohim G'anixonov, 83), Davron Hoshimov, SHerzod Fayziev, Oybek Qilichev (SHahzod SHaymanov, 46), Diyor Turopov.

Mazkur uchrashuvni "Buxoro" ustozi Muhsin Muhammadiev ham kuzatib bordi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика