So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  4 18:56Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм". Таркиблар маълум  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4

"Qo'qon-1912": Rayevacdan dubl va navbatdagi g'alaba Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Rayevacdan dubl va navbatdagi g'alaba

Teglar :  Qo'qon-1912Norin
Farg'ona Viloyati Hokim kubogi doirasidagi "Qo'qon-1912" - “Norin” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni vakillarimiz shiddatli hujumlar bilan boshlashdi. Buning natijasida tezkor gol kiritishga muvaffaq bo'ldik.  4-daqiqada Filip Rayevac darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va “Norin” posbonini aldab o'tib hisobni ochdi. Serbiyalik hujumchi uchinchi o'yinda uchinchi to'pini kiritdi.

14-daqiqada Bahodir Akramovda qulay imkoniyat vujudga keldi. Biroq uning zarbasiga aniqlik etishmadi. 30-daqiqada uzoq davom etgan kombinaciya Suhrob Berdievning zarbasi bilan yakun topdi. “Norin” posboni o'z o'rnida. 31-daqiqa Suhrob Berdiev qanotdan yorib kirib, zarba yo'lladi. Himoyachidan qaytgan to'pni Rayevac  deyarli bo'sh qolgan darvozaga joylab qo'ydi.

40-daqiqada Jamshid Hasanov katta tezlikda jarima maydonchasiga kirib bordi va uning o'zatgan to'piga hech kim etib kela olmadi. Birinchi bo'lim shu hisobda yakun topdi. Ikkinchi taymni ham vakillarimiz hujumkor ruhda boshlashdi.

49-daqiqada Sobir Hamidovda qulay imkoniyat vujudga keldi. Ammo futbolchimizga biroz tezlik etishmadi. 50-daqiqada Suhrob Berdiev birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasini haqqulobodliklar posboni qaytarib qoldi. Bugungi bahsda Oliy va Birinchi liga o'rtasidagi tafovut yaqqol namoyon bo'ldi. 73-daqiqada Andrey Sidorov yaxshi imkoniyatni qo'ldan boy berdi. 75-daqiqada esa Andrey Sidorov burchakdan oshirilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo'lladi va hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Oldingi uchrashuvda ham Andrey Sidorov jamoamizning uchinchi goliga mualliflik qilgandi.

Uchrashuv yakuniga qadar ushbu hisob o'zgarmay qoldi. Natijada jamoamiz bugungi g'alabadan keyin etti ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. “Qo'qon-1912-1” jamoasi navbatdagi uchrashuvni 4 fevral kuni “Mashal-1”ga qarshi o'tkazadi. Aynan mana shu o'yin guruh g'olibini aniqlab beradi.


“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”
“B” guruhi
4-tur
“Qo'qon-1912-1” – “Norin” – 3:0 (2:0)
Hakamlar:
Jamoliddin Qosimov, Davron Mamatov, Maruf Madvaliev.

Gollar:  Filip Rayevac-4, 31, Andrey Sidorov-75.

“Qo'qon-1912-1”: 12. Aziz Ashurov (13. Nikita Ribkin-46), 4. Akmal Xolmurodov (15. Oybek Rustamov-46), 5. Jalil Kimsanov,  6. Bahodir Akramov (28. Avaz Mamatxo'jaev-61), 7. Jamshid Hasanov (75. Ibrohim Rahimov), 10. Javohir Sidiqov, 20. Filip Rayevac (19. Muhammadanas Hasanov-46), 55. Darko Gojkovich,  70. Sobir Hamidov, 83. Nikola Valentich, 90. Suhrob Berdiev (31. Andrey Sidorov-61).
“Norin”: 35. Muhriddin Ahmedov, 2. Jamoliddin Sirojiddinov, 4. Farrux Nurliboev, 8. Sarvar Safarov, 10. Eldor Ergashev, 11. SHohjahon Abbosov, 13. Ilhom Tojiboev, 17. SHoirbek Ro'ziev, 18. Umar To'xtasinov, 21. Islom Ismoilov, 22. Murod To'ychiboev.
Zaxira: 31. Artur Parvanov, 3. Alijon Alijonov, 6. Doston Ibragimov, 7. Komil Tojidinov, 15. SHokirjon Yoqubjonov, 23. Bilol SHarafuddinov, 25. Asilbek No'monov.

Nazoratchi: V. Kasaev.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика