So’nggi yangiliklar

16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  1 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  2 12:18ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати  11 11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0 11:28Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди  5 10:48Превью. 8 йиллик танаффусдан сўнг "Бунёдкор" "Бухоро"ни ўз уйида мағлуб эта оладими?  5 10:20Превью. Ўтган тур мағлуб бўлган "Андижон" ва "Машъал" ўзаро баҳс олиб боради  2 09:53Флик йирик ғалабадан сўнг футболчиларини танқдид қилди  10 09:25Превью. Сўнгги турда ғалаба қозонган "Қўқон-1912" ва "Сурхон" баҳсида устунлик ким томонда?  0 08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  11

"Qo'qon-1912": Olamshumul hodisalarga boy bo'lgan mart oyi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Olamshumul hodisalarga boy bo'lgan mart oyi

2017 yil Qo'qon futbolida unutilmas onlarga boy bo'lmoqda.

Aniqrog'i, o'zbek futboli vatani tarixiy voqealar guvoh bo'lmoqda. Fevral oyida “Qo'qon-1912” jamoasi Farg'ona shahrida o'tkazilgan “Hokim Kubogi bahslarida bosh sovrinni qo'lga kiritib, tarixiy natijani qayd etgandi. Bahorning birinchi oyi ham qo'qonlik futbol ixlosmandlariga bir qator olamshumul hodisalarni taqdim etdi.

Bu yil tarkibi tajribali futbolchilar bilan to'ldirgan jamoamiz 10 mart kuni Oliy liga-2017dagi birinchi ochkosini qo'lga kiritdi. Vakillarimizga ilk ochkoni taqdim etgan golga jamoamizning legioner futbolchisi Filip Rayevac mualliflik qildi. 18 mart kuni Qo'qonda “Qizilqum”ni mag'lub etgan No'mon hasanov shogirdlari chempionatdagi birinchi g'alabani tantana qilishdi.

DSC_9110 kopiya

SHundan keyin FIFA kunlari munosabati bilan kichik tanaffus yuzaga keldi. Aynan shu tanaffus davomida bir qator olamshumul hodisalar sodir bo'ldi.

Avvaliga “Qo'qon-1912” futbolchisi Bahodir Pardaev Janubiy Koreyaning “Bucheon 1995” jamoasi azosiga aylandi.

246579_680

Mavsum boshida hujumchi bilan tuzilgan shartnomada agar unga xorij klublardan taklif tushsa, uni qo'yib yuborish mumkin, degan band bor edi. Qolaversa, Pardaevning kelajagini uylab ham shunday qarorga kelindi. Axir o'yinchilarimizga har doim ham bunday imkoniyat bo'lmasligi mumkin. SHu tariqa, o'zbekistonlik legioner futbolchilar soni yana bittaga ko'paydi.

SHundan keyin Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi 21–27 mart kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazdi.

Yig'in doirasida Jasur Abduraimov shogirdlari 23 mart kuni Qatar U-22 termasiga qarshi, 25 mart kuni esa Kanada U-22 termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi.

Ushbu yig'inga Qo'qon-1912 asosiy tarkibining ikki vakili – Javohir Sidiqov va Andrey Sidorovlar taklif etildi. Har ikki futbolchimiz ham yoshlar terma jamoasi safida o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.

DSC_1354 kopiya

Qo'qonlik futbol ishqibozlarini xursand etgan yana bir xabar esa – Aleksandr Merzlyakovning O'zbekiston milliy terma jamoasiga taklif etilgani bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Qatar terma jamosiga qarshi kechgan o'yin oldidan bosh jamoamiz murabbiylari “Qo'qon-1912″ himoyachisi Aleksandr Merzlyakov O'zbekiston terma jamoasiga chaqirishdi.

246395_680
Aleksandr esa terma jamoamizning g'alabasida o'zining munosib hissasini qo'sha oldi.

18862_medium

31 mart sanasi ham Qo'qon futbolida zarhal harflar bilan yozilsa ajab emas. Futbolchilarimiz mart oyining so'nggi kunida Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida “Neftchi”ga qarshi maydonga tushishdi. SHiddatli va keskin kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda jamoamiz azolari raqibni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi va navbatdagi tarixiy natijani qayd etishdi.

DSC_1270 kopiya

Jamoamizning bunday muvaffaqiyatli o'yinlari muxlislarimizning xursand etgani bor gap. Lekin bu hammasi emasdi. Bu haqida aprel oyi yakunlariga bag'ishlangan maqolamizda to'xtalib o'tamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика