So’nggi yangiliklar

23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  3 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  1 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  6 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  96 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:11Конференциялар лигаси саралаши. "Викинг" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  14 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  2 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3

"Qo'qon-1912": No'mon Hasanovni tabriklaymiz! Yangiliklar

"Qo'qon-1912": No'mon Hasanovni tabriklaymiz!

Bugun jamoamiz ustozi No'mon Hasanovning tug'ilgan kuni. Bugun No'mon Nurmatovich 46 yoshini qarshi olishmoqda.

SHu munosabat bilan “Qo'qon-1912” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, klub va “Markaziy” o'yingoh xodimlari ham muxlislar nomidan u kishini chin yurakdan tabriklaymiz. U kishiga sihat-salomatlik yangi mavsumda omad tilab qolamiz.


QO'QONLIK MUXLISLARNING YOQMITOYI

Qo'qon futboli turli yillarda o'z yulduzlariga ega bo'lgan bo'lsa-da, No'mon Hasanov eng yorqin futbolchi sifatida muxlislar orasida nom qozongan. Qo'qonlik futbol ishqibozlari terma jamoamizning Jahon chempionati saralash bosqichlaridagi birinchi gol muallifi bo'lgan No'mon Hasanovni o'zgacha bir sharaf bilan tilga olishadi.

CHindan ham No'mon Hasanovning futbolchilik faoliyati ko'pchilik havas qilsa arzigulik darajada o'tdi.

Bugungi kunda murabbiy sifatida ishlayotgan No'mon Hasanovning shuhrati futbolchilik faoliyatida mavqeidan kam emas.

Futbolchilik faoliyatining so'nggi yillarida “Qo'qon-1912” tarkibida o'ynovchi murabbiy sifatida maydonga tushgan qahramonimiz o'shandayoq ko'plab qo'qonlik futbol muxlislarining mehrini qozonishga erishgandi.

SHuning uchun yillar o'tib, uning “Qo'qon-1912”ga bosh murabbiy bo'lib qaytganini muxlislar iliq qarshi olishdi.

O'tgan mavsum qiyin vaziyatda jamoamizni qabul qilib olgan No'mon Nurmatovich mavsumning ikkinchi qismida yaxshi bir jamoani shakllantira oldi.

Yangi mavsum boshlanishi arafasida ham 46 yoshni qarshi olayotgan mutaxassis oqilona selekciya ishlarini olib borgani natijasida “Qo'qon-1912” jamoasi safiga bir qator tajribali futbolchilarni jamlay oldi.

Bu esa futbol muxlislarimiz uchun yangi mavsum oldidan yangi umidlarni taqdim etdi. “Viloyat Hokimi Kubogi-2017”dagi zafarli odimlar qilingan mehnatlarning samarasidir. Umid qilamizki, bu hali hammasi emas. Jamoamizning g'alabali onlari hali oldinda.

Yana bir bor tug'ilgan kun muborak, hurmatli No'mon Nurmatovich!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика