So’nggi yangiliklar

22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  0 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  5 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  3 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  55 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  34 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  22 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  3 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2

Qo'qon-1912 muxlislar bilan uchrashuv o'tkazdi Yangiliklar

Qo'qon-1912 muxlislar bilan uchrashuv o'tkazdi

Bugun Qo'qondagi Markaziy o'yingohda Qo'qon-1912 jamoasi rahbariyati va futbolchilari jamoa muxlislari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv shuni ko'rsatdiki Qo'qonda chindan ham futbolni sevishadi,buni o'yingohga kelgan muxlislar sonidan ham bilsa bo'lar edi.

Uchrashuvda Qo'qon-1912  jamoasining 2-davraga tayyorgarligi va jamodan kimlar ketib, qaysi futbolchilar kelishgani hakida klub vice-prezidenti, bosh direktori Baxtier Tolipov muxlislar oldida chiqish qildilar. Klub rahbari jamoaning oldiga qo'ygan rejalarini muxlislarga bayon qilishi muxlislar tomonidan qarsaklar bilan kutib olindi.

SHundan so'ng jamoada bulgan o'zgarishlarga navbat keldi. Bundan buyon klubning marketing va matbuot xizmati bir bo'lim bo'lib uni Akramjon Mamadaliev boshqarishi muxlislarga malum qilindi. Klub matbuot kotibi etib esa jurnalist Abror Dehkonov tayinlandi.

Jamoa tarkibiga 2-davradan  yangi qo'shilgan futbolchilar Otabek Haydarov, Suhrob Qobilov, Ilhom Komilov, Aybek Nurboev va Asilbek Omonovlar muxlislarga tanishtirilib, ularga jamoa formalari taqdim qilindi. Yangi o'yinchilar muxlislarga o'zlarining to'p bilan ishlash mahoratlarini ko'rsatib berishdi. SHundan so'ng bu futbolchilar o'zlarining dastxatlari tushirilgan to'plarni muxlislarga sovg'a qilishdi.


               


Muxlislar nomidan so'zga chiqqan Yo'ldoshxon xoji ota  futbolchilarga 2-davrada omad tilab ulardan faqat g'alaba kutishlarini, muxlislar ham jamoani yanada qizg'in qo'llab-quvvatlashlarini takidlab o'tdilar. Yo'ldoshxon amaki barcha o'yinlarda g'alaba qo'qonliklar tomonida bo'lsin deya duo qildilar.
Uchrashuv yakunlangach Qo'qon-1912 jamoasi futbolchilari muxlislar ko'z o'ngida mashg'ulot o'tkazishdi. Biz sizlarga bu uchrashuvdan foto va video lavhalarni albatta taqdim qilamiz.
   

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика