So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  1 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

"Qo'qon-1912": Mavsum-2017 yakunlari: Raqamlar tilga kirganda Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Mavsum-2017 yakunlari: Raqamlar tilga kirganda

Teglar :  Qo'qon-1912
Qo'qonlik futbol muxlislari uchun mavsum yakunlariga bag'ishlangan navbatdagi maqolamizni taqdim etamiz.

Bu gal chempionat davomida qayd etilgan natijalar, qiziqarli faktlar xususida so'z yuritamiz.


Eng ko'p qayd etilgan hisob

2017 yilgi chempionat davomida jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarda 12 xil hisob qayd etilgan. Vakillarimizning ettita o'yini 2:1 hisobida yakunlangan. Uchta bahsda shu hisobda g'alaba qozongan bo'lsak, to'rtta bellashuvda raqiblarga imkoniyat boy berilgan.

Beshta uchrashuvimiz 1:1 hisobida intiho topgan. To'rtta uchrashuvda 3:0 hisobi qayd etilgan.

Qolgan natijalar quyidagicha: 1:0, 3:2, 0:0, 3:1, 2:0 ikki martadan, 4:2, 4:1, 5:2, 2:2 hisoblari bir martdan qayd etilgan.
 
Golsiz o'yin

Mavsum davomida vakillarimiz oltita o'yinda raqiblar darvozasiga yo'l topa olishmadi, Bu bahslarning ikkitasida hisob ochilmadi. Qolgan 24 ta uchrashuvlarda futbolchilarimiz gol urishni uddalashdi.

O'z navbatida oltita o'yinda darvozamiz daxlsizligini saqlab qolganmiz.


Xet-trik va dubllar

Suhrob Berdiev bitta o'yinda uchta gol urgan jamoamizning yagona futbolchisi bo'lib turibdi. Berdiev 7-tur doirasidagi “Metallurg”ga qarshi kechgan o'yinda bekobodliklar darvozasini uch marta aniq nishonga oldi.

Bundan tashqari, jamoamiz to'purari “SHo'rtan” bilan Qo'qonda bo'lib o'tgan uchrashuvda raqib darvozasiga ikkita to'p kiritgan.

Nosir Otaqo'ziev ham ushbu mavsumda bir marta dublga erishdi. Jamoamiz sardori “Neftchi” darvozasini bir o'yinda ikki bor aniq nishonga olgan.


Penaltilar

Yakuniga etgan mavsumda futbolchilarimiz raqiblar darvozasiga besh marta penaltidan to'p kiritishdi. Barcha penaltilarni Murod Xolmuhammedov amalga oshirgan. Xolmuhammedov “So'g'diyona”ga qarshi o'tkazilgan har ikki uchrashuvda ham penaltidan gol urgan.


Seriyalar

Jamoamiz birinchi davrada qatorasiga 11 ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadi. Bundan tashqari, qatorasiga 14 ta uchrashuvda raqib darvozasiga to'p kiritildi. Birinchi davrada futbolchilarimiz safardagi o'yinlarning beshtasida (ketma-ket beshta o'yin) mag'lubiyatga uchrashmagan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика