So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

"Qo'qon-1912" jamoasi azolari "Muruvvat uyi"ga tashrif buyurishdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" jamoasi azolari "Muruvvat uyi"ga tashrif buyurishdi

Keksalar va bemorlar xolidan xabar olish, ularga muruvvat ko'rsatish, o'zbek xalqiga xos urf-odatlardan biridir.

Bugun Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" jamoasining barcha futbolchilari hamda murabbiylar shtabi, Qo'qondagi "Muruvvaat uyi"ga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan maqsad mavsum starti oldidan muruvvat uyida yashovchilarning xolidan xabar olib, o'ksik ko'ngillariga malham bo'lish hamda ularni futbol uchrashuvlariga taklif qilish edi.
Futbolchilarning tashrifi, ularning bergan kichik sovg'alari "Muruvvat uyi"da yashovchi insonlarni shu qadar quvontirdiki, buni ko'rgan har bir inson tasirlanadi.

Uchrashuv chog'ida jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov, futbolchi Suhrob Berdievlar so'z olib bunday uchrashuvlar davomli bo'lishiga umid bildirdilar. Jamoa azolari muruvvat uyidagilarni "Markaziy" stadionidagi o'yinlarga taklif qilishdi. Muruvvat uyida ham ko'plab futbol ixlosmandalari borligi bizni quvontirdi. Ular o'zlari yoqtirgan futbolchilar bilan dildan suhbat qurib, birga esdalik uchun suratlarga tushishdi.

"Muruvvat uyi"da yashovchi yoshi ulug' insonlar futbolchilarga boshlanayotgan mavsumda omad tilab duo qilishdi. Futbolchilar bu maskanga yana kelishni niyat qilib qaytishdi.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика