So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

“Qo'qon-1912” jamoasi tanishtiruv marosimini o'tkazdi Yangiliklar

“Qo'qon-1912” jamoasi tanishtiruv marosimini o'tkazdi

Bugun Qo'qon shahar xokimligining majlislar zalida “Qo'qon-1912” jamoasi safiga yangi qo'shilgan futbolchi hamda murabbiylarni tanishtirish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda Qo'qon shahar xokimi Marufjon Usmonov ishtirok etdilar hamda so'zga chiqdilar.

- Qo'qon shahrimiz o'zbek futbolining vatani hisoblanadi. “Qo'qon-1912” jamoasi esa yurtimizdagi eng tarixiy jamoadur. Bu yil biz uchun yubiley yil. SHahrimizda o'zbek futbolining 110 yilligini nishonlaymiz. Qo'qondagi “Markaziy” stadionida katta rekonstrukciya ishlarini amalga oshiramiz. “Qo'qon-1912” jamoasining akademiyasi uchun alohida joy ajratish masalasi shu kunlarda ijobiy hal bo'ladi. Biz kelajakda o'z futbol akademiyamizga ega bo'lamiz. Jamoaning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish borasida viloyatimiz xokimi bilan maslahatlashib oldik. Yurtimizdagi eng tarixiy jamoa bo'lgan “Qo'qon-1912” jamoasini O'zbekistonning eng oldi jamoalaridan biriga aylantirishimiz lozim. Hurmatli jamoamizning ashaddiy muxlislari men sizlarga bir narsani vada beraman, bugundan boshlab har doim, har kuni “Qo'qon-1912” jamoasi bilan birga bo'laman, - dedi jumladan M.Usmonov.

SHundan so'ng “Qo'qon-1912” jamoasining prezidenti Baxtiyorjon Tolipov so'zga chiqib, jamoaning o'tgan mavsumdagi natijalariga to'xtaldilar.

- O'tgan mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi ko'zlangan maqsadga erisha olmagan bo'lsada, futbolchilarimiz yomon o'yin ko'rsatdilar deya olmayman. Futbolda g'alabalar hamda mag'lubiyatlar yonma-yon yuradi. Jamoamiz o'tgan mavsumda ko'plab tarixiy natijalarini yangiladi. Superliga klublari o'rtasida eng ko'p golli seriya, 18ta o'yindan iborat, aynan jamoamizga tegishli bo'ldi. SHuningdek safarda “Metallurg” va “Navbahor”, o'z maydonimizda “Paxtakor” jamoalari ustidan tarixiy g'alabalarni qo'lga kiritdik. Safar o'yinlarida ochko jamg'arish bo'yicha “Paxtakor”dan keyin ikkinchi o'rinda bo'ldik, 21 ochko. Afsuski o'z maydonimizdagi ayrim o'yinlarda kutilmaganda zarur ochkolarni o'yqotdik.

Endi yangi mavsumda yo'l qo'yilgan kamchiliklar ustida ishlaymiz. “Markaziy” stadionimizda ayni kunlarda yoritgichlarni yangilash ishlari davom etmoqda. Aprel oyida chempionatimizda katta tanaaffus yuzaga keladi. Ana shu tanaffusdan so'ng, may oyidagi uy o'yinlarimizni o'zimizning stadionimizda o'tkazamiz. Viloyatimiz hamda shahrimiz rahbariyati bu mavsumda jamoamizni har tomonlama qo'llab-quvvatlashlarini bildirishmoqda. Xudo hohlasa bu yil ko'zlagan maqsadlarimizga erishamiz. Mavsum avvalida jamoamiz logotipi halqaro standartlarga mos ravishda yangisigi almashtirdik. Endi qolgan sohalarda ham halqaro darajaga chiqish uchun astoydil ishlashimiz kerak bo'ladi. O'ylaymanki jamoamizda faoliyat olib borayotgan barcha mutaxassislar, murabbiylar hamda futbolchilarimiz bu yilgi mavsumda siz aziz muxlislarni xursand qilish, barcha yo'nalishlardagi ishlarni professional darajaga olib chiqish uchun etarli salohiyatga egalar. Sizlarni xursand qilish maqsadida ko'plab taniqli, sizlar uchun sevimli bo'lgan futbolchilarni jamoamizga taklif qildik. Ruxsatlaring bilan ularni sizlarga tanishtirsak, - dedi Baxtiyorjon aka Tolipov.

SHundan so'ng jamoa safiga yangi qo'shilgan futbolchilar navbati bilan keng jamoatchilikka tanishtirildi. Tadbirda jamoa sardori Murod Xolmuhammedov, futbolchilardan Javohir Sidiqov, Quvondiq Ro'zievlar so'zga chiqib, oldinda turgan mavsumda o'zlarining chiroyli o'yinlari hamda g'alabalari bilan barcha muxlislarni xursand qilishga vada berishdi.

SHuningdek jamoa bosh murabbiyi Baxtiyorjon Ashurmatov ham tadbirda so'zga chiqdilar.

- Assalomu alaykum qadrli muxlislarimiz. Sizlar bilan ko'rishib turganimizdan xursandman. Oldimizda juda qiyin vazifa turibdi. Yangi mavsum oldidan jamoamizni ko'plab futbolchilarimiz tark etishdi. Agar ular jamoadan ketmay turib, hozir safimizga qo'shilgan Javohir Sidiqov, Quvondiq Ro'ziev , Dilshod Rahmatullaev kabi yaxshi ijrochilar qo'shilganda edi, biz o'z oldimizga yanada yuksak maqsadlarni qo'ygan bo'lar edik. Nachora bu futbol, hozirgi kunda biz bilan qolgan va jamoamiz safiga yangi qo'shilgan futbolchilarga o'z minnatdorchiligimini bildiraman. Biz jamoaviy futbolni yo'lga qo'yib olsak, albatta chiroyli o'yin va g'alabalar biz bilan birga bo'ladi. O'ylaymanki siz aziz muxlislarimiz bizlarni har qanday holatda ham yolg'izlatib qo'ymaysiz va qo'llab turasizlar. Sizlarning qo'llab-quvvatlashlaringiz futbolchilarimizga katta kuch beradi. Bu mavsum oldidan jamoamizda darvozabonlar murabbiyi bo'lib Xislatjon CHilmatov ish boshladi. SHuningdek biz futbolchilarni jismoniy tomonlama tayyorlash uchun mutaxassis Islombek Musulmonovni ham jamoamizga taklif qilganmiz. Murabbiylar shtabi barcha futbolchilarga ishonadi va biz ularni har bir o'yinga puxta tayyorlash uchun bor mahoratimizni ishga solamiz, - dedi jumladan B.Ashurmatov.

Tadbirda Qo'qonlik taniqli jurnalist Mo'ydinjon Yuldashev “Qo'qon-1912” jamoasiga bag'ishlangan sherlari bilan yig'ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdilar.

Marosim so'nggida rahbariyat tomonidan jamoa oldiga qo'yilgan maqsad elon qilindi. “Qo'qon-1912” jamoasi oldidagi maksimum vazifa bu OCHL yo'llanmasi, minimum vazifa esa kuchli beshtalikka kirish deb elon qilindi. Bu yo'lda futbolchilarimzga kuch-quvvat hamda omad tilaymiz.

Tadbir so'nggida jamoa azolari muxlislar bilan esdalik uchun suratlarga tushishdi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda o'z yakuniga etdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика