So’nggi yangiliklar

15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  9 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  1 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  0 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  0 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  7 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  6 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  1 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  5

Mantiqsizlik... Yangiliklar

Mantiqsizlik...

Superliganing ortda qolgan mavsumiga oid tahlillarni berishda davom etamiz.

Tarixdagi eng yaxshi chempionatlardan biriga guvoh bo'ldik. Ammo kamchiliklar yo'q emas. Masalan, O'FA tartib-intizom qo'mitasining faoliyatiga nisbatan jiddiy etiroz bor. Buni 2ta misol orqali tushuntirib berishga harakat qilaman.

1-holat

2 may kuni edi. "Paxtakor" sardori SHerzod Azamov bosh hakam Firdavs Norsafarovdan norozi bo'lib, uni so'kadi. Tabiiyki, qarshilik referi cho'ntagidan qizil kartochkani chiqardi. Bu epizod qo'mitada ham ko'rib chiqildi va Azamov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi. "Paxtakor" o'sha o'yinlarning barchasida ochko yo'qotdi...

9 oktyabr kuni. "Nasaf" "So'g'diyona"ni qabul qildi. Uchrashuv oxirida Luka CHermel madonda "cirk qo'ydi"


O'sha qo'mita bu epizodni ham o'rgandi. Va serbiyalik futbolchi 5 mln so'm miqdorida jarimaga tortildi...

Izoh: Azamov turgan joyida hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o'yinga ketdi. CHermel esa nafaqat haqorat qildi, referiga tashlanmoqchi bo'ldi, shifokor xaltasi, reklama bannerlarini tepib tashladi. Va faqat jarima bilan qutuldi. G'alati.

2-holat

2021 yilning avgust oyi. "Metallurg" bosh direktori SHavkat Saidov o'yindan keyin "Mashal" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovning ko'krak qismiga bir marta zarba yo'lladi. Bu harakat tartib-intizom qo'mitasida o'rganilib, bekobodliklar rahbariga naq 1 yillik diskvalifikaciya berildi... 

2022 yilning avgust oyi. "Lokomotiv" bilan o'yindan keyin Ro'ziqul Berdiev maydonga tushib, uchrashuvni boshqargan Ahrol Risqullaevga etirozlarini qo'pol tarzda bayon etdi va uning qorin qismiga zarba berdi.  Bu ish ham tartib-intizom qo'mitasida o'rganildi va "Nasaf" ustozi 3 o'yinga chetlatildi.

Savol: Rasmiylarga tajovvuzning "bahosi" uchtalik diskvalifikaciya ekan, nega Saidovga 1 yil berilgan edi?

Ikkala holat ham bitta narsaga ishora qildi: Hamma teng ko'zda ko'rilmaydi. Nomlarga qarab, qo'mitaning poziciyasi o'zgarishi mumkin. Buni hech kim inkor qila olmaydi. Yuqoridagi holatlar davom etishini xohlamasak, TIQ qaytadan, mukammalroq qilib shakllantirilishi kerak.

P/s. O'FA ustavi hamda tegishli kodeksda Tartib-intizom qo'mitasiga juda katta vakolat berilgan. Bu katta masuliyat degani. SHunday ekan, u erda Azamov bilan CHermelga, Berdiev bilan Saidovga nisbatan bir xil munosabat taminlanishi, ular bitta ko'zda ko'rilishi shart!

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика