So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  3 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Qiziqarli faktlar. "Paxtakor" Superkubokda eng ko'p mag'lub bo'lgan jamoa. "Nasaf" "Lokomotiv"ga etib oldi Yangiliklar

Qiziqarli faktlar. "Paxtakor" Superkubokda eng ko'p mag'lub bo'lgan jamoa. "Nasaf" "Lokomotiv"ga etib oldi

Bir necha soat oldin 2023 yilgi O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi o'z yakuniga etdi.

Qiziqarli kechgan o'yinda "Nasaf" amaldagi Superkubok g'olibi "Paxtakor"ni taslim qildi. Quyida esa bir qator qiziqarli fakt va malumotlarni etiboringizga havola qilamiz. 

1. Superkubok bahslarida shu paytga qadar 6 jamoa ishtirok etgan: "Paxtakor" (5), "Lokomotiv" (3), "Nasaf" (4), "Navbahor, "Bunyodkor" va AGMK.

2. O'zbekiston Superkubogini eng ko'p qo'lga kiritgan jamoa "Lokomotiv" (2 marta), "Nasaf" bugungi g'alaba orqali muzeyiga 2 Superkubokni olib keldi. Qarshiliklarning ilk muvaffaqiyati ham aynan "Paxtakor" bilan o'yinda bo'lgan (2016). "Paxtakor" Superkubokda eng ko'p engilgan jamoa bo'lib turibdi (4 marta, 1999, 2015, 2016, 2023).

3. Jizzax O'zbekiston Superkubokni qabul qilgan O'zbekistondagi 5 viloyat bo'ldi. Bunga qadar Farg'ona 1 marotaba, Toshkent 4 marotaba, Samarqand va Yaypan 1 marotaban mezbonlik qilshgan. 

4. Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" tarixida jamoa bilan 4ta Superkubokda ishtirok etgan yagona murabbiy bo'ldi.

5. "Nasaf" uchun Jizzax omadli stadion bo'lib qolmoqda. Ro'ziqul Berdiev jamoasi 2015 yil xuddi shu arenada O'zbekiston kubogi finalida "Bunyodkor"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Oradan 8 yil o'tdi va endi bu natija "Paxtakor" bilan Superkubokda takrorlandi. 

6. Pshemislav Banashak, Oybek Bozorov, Marko Stanoevich O'zbekiston Superkubogida gol urgan 14,15,16-futbolchiga aylanishdi. 

7. SHuhrat Muhammadiev "Nasaf" bilan ikkinchi marotaba Superkubokda g'olib chiqdi. 2016 yilgi g'olib chiqqan tarkibdan hozir faqat Muhammadiev jamoada, xolos. 

8. Aziz Asimov O'zbekiston Superkubogida ishlagan mamlakat tarixidagi 6 hakam bo'ldi. Bungacha G'ayrat Karimov (1999), Ravshan Ermatov (2014, 2015, 2016) SHerzod Qosimov (2019), Vadim Agishev (2021), Akobirxo'ja SHukurullaev (2022) faoliyat olib borgan. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика