So’nggi yangiliklar

18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  7 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 18:20Суперлига. "Сурхон" – "Динамо" 0:2 (матнли трансляция)  5 17:57Суперлига. "Бунёдкор" – "Насаф" (матнли трансляция)  3 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:00Суперлига. "Бухоро" — "Пахтакор" 0:4 (матнли трансляция)  17 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  2 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  4 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  3 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  19 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  11 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4

"Qizilqum": Yoshlarimiz yana muhim ochkolarni boy berdi Yangiliklar

"Qizilqum": Yoshlarimiz yana muhim ochkolarni boy berdi

Yoshlar ligasi to'qqizinchi tur doirasida “Qizilqum” vakillari “Andijon” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O'tgan turda Qarshida durang qayd etgan Obid Xudoyorov shogirdlaridan bu gal muxlislar g'alaba kutishgandi.

Afsuski, navoiylik yoshlar uchrashuvni muvaffaqiyatsiz boshladilar. Mehmonlar 13-daqiqadayoq “Qizilqum” jamoasi posboni SHahzod Asatovni ranjitdi. Oradan o'n daqiqa o'tgach, mezbonlar o'z jarima maydonchasidan uzoq bo'lmagan nuqtada o'yin qoidasini buzishdi. Standart vaziyatni Alisher Abduvohidov chiroyli tarzda golga aylantirib, o'z hisobiga “dubl” yozib qo'ydi.

O'yinning qolgan daqiqalarida tashabbus ko'proq mezbonlar tomonida bo'lgan bo'lsa-da, raqib darvozasiga yo'l topa bilishmadi. Aniqrog'i, “Andijon” jamoasi darvozaboni va himoyachilar bexato harakat qildilar.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

Yoshlar ligasi

9-tur, 13 may (juma)

Qizilqum (Navoiy) -Andijon (Andijon) - 0:2 (0:2)

Navoiy shahri. Kimyogar stadioni

Hakamlar:
Komiljon Rasulov (Qarshi), Azizjon Ergashev, Amal Sultonov, Akmal Davronov (barchasi - Navoiydan).

Nazoratchi: Bulat Galeev.

Gollar: Alisher Abduvohidov (13, 24)

QIZILQUM: 16. SHahzod Asatov, 3. Akmal Rustamov (s), 4. Viktor Grigorev, 6. Mirjalol Qosimov (2. Orzu Razzoqov, 72), 13. Bobur Mamirov (61. Feruz Norov, 84), 28.Sardor Jahonov,  29. Dostonjon Jo'raev (19. Ruslan Iskandarov, 28), 34. Husniddin Fazliddinov (15. Xurshid Hasanov, 76), 35. Ahliddin Fayziev (71. Abbos Rustamov, 81), 45. Nodirjon Kamolov, 47. Sobir Usmonxo'jaev (32. Bobur Jo'raqulov, 46).

ANDIJON: 12. Nodirjon Ashurmatov (50. Barakatullo Isroilov, 75), 4. Dilmurodjon Mahmudov, 3. Ahror O'ktamov, 7. SHohrux Ergashev, 11. Alisher Abduvohidov, 14. Abrorbek Komilov (67. SHoyadbek Mullajonov, 65), 18. Salohiddin Salohiddinov, 28. Farrux Mirzaev, 33. Jahongir Maqsudov, 45. Artur Mamatkazin (55. Tursunboy Husanov, 46), 70. Alisher SHog'ulomov (20. Abdumalik Abdullaev, 55).

Ogohlantirishlar: Husniddin Fazliddinov (52), Alisher SHog'ulomov (54).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика