“Qizilqum” Toshkent yig'inini yakunladi
11 okt 2017 08:05
Yangiliklar
“Qizilqum” Toshkent yig'inini yakunladi
Mashg'ulotlar “Bunyodkor” futbol maktabi stadionida o'tkazildi. Yig'in doirasida futbolchilarimiz “Qo'qon-1912” jamoasi (1:1) bilan kuch sinashishdi.
Kecha yig'in doirasida so'nggi mashg'ulotlarni o'tkazgan “Qizilqum” futbolchilariga qisqa muddatli tatil elon qilindi. Jamoa azolari 14 oktyabr kuni Navoiyda to'planishadi va oliy liganing 25-turidagi raqibi - “Lokomotiv”ga qarshi tayyorgarlikni boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, jamoamiz Oliy liga 24-turi doirasida 13 oktyabr kuni Navoiyda “Obod” jamoasi bilan kuch sinashishi lozim edi. Ammo O'zPFL ijroqo'mi qarori asosida “Obod” jamoasi oliy ligadan chetlatildi. SHu bois “Qizilqum” – “Obod” bellashuvi o'tkazilmaydi. Jamoamizga esa texnik g'alaba yoziladi.
“Qizilqum” matbuot xizmati.
Fikrlar