"Qizilqum" sobiq futbolchisiga "yaxshigina pul" to'lab berishi kerak
22 apr 2024 21:15
Yangiliklar
"Qizilqum" sobiq futbolchisiga "yaxshigina pul" to'lab berishi kerak
Toshkentda o'z ofisini ochayotgan "Sila" yuridik kompaniyasi "Instagram"dagi sahifasi orqali "Qizilqum" hamda jamoa sobiq futbolchisi Marko Simonovski o'rtasida ochilgan ish haqida malum qildi.
FIFAning nizolarni hal qilish palatasi Simonovskining tovon pulini to'lash hamda berilmagan mukofot pullarini undirish talabini qanoatlantirdi.
"Qizilqum" Simonovskiga to'laydigan pul miqdori malum emas, ammo "Championat.asia" malumotiga ko'ra, gap "yaxshigina mablag'" haqida ketmoqda, chunki Markoning navoiyliklar bilan shartnomasi 2024 yilning oxirigacha tuzilgan edi. "Qizilqum" Simonovskiga beradigan pullarini 23 maygacha to'lashi (qarordan so'ng 45 kun ichida) kerak.
Marko Simonovski o'tgan yilning yozida "Qizilqum"ga o'tgan edi. 32 yoshli shimoliy makedoniyalik forvard bu vaqt ichida 8ta uchrashuvda ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar
15:00
"Qizilqum" Dilshod Komilovga o'rinbosarlar jamoasi mashg'ulotlarida qatnashishga ruxsat berdi 3
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar