“Qizilqum”: muxlislarni stadionga chorlaymiz!
02 noy 2017 22:17
Yangiliklar
“Qizilqum”: muxlislarni stadionga chorlaymiz!
Oliy liganing 27-turida sevimli jamoamiz o'z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi.
Mavsum yakunlanishiga to'rtta tur qoldi. Jamoamizning turnir jadvalidagi holatidan kelib chiqadigan bo'lsak, qolgan uchrashuvlar “Qizilqum” uchun muhim ahamiyatga ega. SHu sabab jamoamizning ashaddiy ishqibozlarini, navoiylik muxlislarni ushbu bellashuvlarda sevimli jamoamizni bevosita stadiondan qo'llab-qo'vvatlashga chaqiramiz. Zero muxlislarning daldasi, ishonchi futbolchilarimizga qo'shimcha ruh bag'ishlashiga shubha yo'q. Qolaversa, Yoshlar sport majmuasida o'tadigan so'nggi o'yinlarga kirish BEPUL.
Barcha muxlislarni 4 noyabr, shanba kuni “Qizilqum”-“Dinamo” uchrashuvida kutamiz. O'yin soat 17:00 da boshlanadi.
SHahriddin Ishnazarov,
“Qizilqum” FK ishqibozlar klubi etakchisi.
Fikrlar