"Qizilqum" Latviya terma jamoasi darvozaboni bilan shartnoma imzoladi
12 jan 2024 00:35
Yangiliklar
"Qizilqum" Latviya terma jamoasi darvozaboni bilan shartnoma imzoladi
Navoiyning "Qizilqum" klubi yangi mavsum oldidan legioner posbon bilan shartnoma imzoladi.
"Oltin qazuvchilar"ning yangi darvozaboni Robert Ozols 1995 yilning 10 sentyabr kunida Latviyaning Kuldiga shahrida tug'ilgan. Faoliyati davomida Latviyaning "Metallurgs", "Spartak", "Daugava Riga", "Riga" hamda "Auda" klublarida to'p tepgan darvozabon yangi mavsumni navoiyliklar safida boshlaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Tajribali darvozabon so'nggi mavsumda "Auda" tarkibida 19 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Qolaversa u Latviya terma jamoasi azosi hisoblanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar