So’nggi yangiliklar

09:04"Манчестер Сити" футболчиси: "Хусановдан ўтиб кетиш жуда қийин"  0 08:43Трансфермаркт Туркия чемпионатининг янгиланган нархларни эълон қилди. Ҳамюртларимизда пастлаш  5 08:20SofaScore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 03:00Испания кубоги. "Реал Мадрид" Талавера"ни бироз қийинчилик билан енгиб, кейинги босқичга йўл олди  9 02:25Англия лига кубоги. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилган ўйинда "Манчестер Сити" "Брентфорд"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди  21 01:20УЕФА мухлисларнинг хатти-ҳаракатлари учун "Бавария"ни жазолади  1 01:05Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" меҳмонда "Атлетико Балеарес" устидан ғалаба қозонди  0 00:48ПСЖ "Фламенго"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратиб, ФИФА Қитъалалара кубогини қўлга киритди!  15 00:22МЮ Марокаш устидан ФИФАга шикоят қилди  2 23:52"Барселона" "Айнтрахт"дан мухлислар етказган зарарни қоплашни талаб қилмоқда  1 23:23Ўзбекистон U-17 терма жамоаси даврозабони "Андижон"га ўтмоқда  2 22:58Туркия кубоги. "Ризеспор" "Газиантеп"ни йирик ҳисобда таслим этди. Алиқулов 72 дақиқа ўйнади  0 22:25Кейн Бундеслигада Левандовскининг рекордини янгилаш ҳақида гапирди  0 21:58"Максфилд Таун"нинг 21 ёшли футболчиси ЙТҲда ҳалок бўлди  0 21:2938 ёшли Суарес "Интер Майами" билан шартномасини бир йилга узайтирди  0

"Qirg'iziston klublarining OFK Kubogidagi ishtiroki, Edgar Bernxardtning holati". Aleksandr Krestinin ikki joyda ishlashga qanday qaraydi? Yangiliklar

"Qirg'iziston klublarining OFK Kubogidagi ishtiroki, Edgar Bernxardtning holati". Aleksandr Krestinin ikki joyda ishlashga qanday qaraydi?

Qo'shnilarimizdan biri sanalgan Qirg'iziston terma jamoasi ham JCH-2022 saralash bahslariga qizg'in tayyorgarlik olib bormoqda.

Dastlab Bishkekda yig'ilgan terma jamoa azolari ertaga Yaponiyaga yo'l olishadi. Biz mana shu safar oldidan Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin bilan bog'lanib, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik. 

- Qirg'iziston terma jamoasining bo'lajak bahslarga tayyorgarligi qanday ketmoqda?

- Jamoamiz 30 may kuni qisqa muddatli yig'in uchun Bishkekda to'liq tarkib bilan yig'ildi. 31 maydan 1 iyunga qadar ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazdik. 2 iyun kuni erta tongda tayyorgarlikning navbatdagi qismini olib borish uchun Yaponiyaga yo'l olamiz. 

- Yaponiya muddatidan oldin keyingi bosqichga chiqib bo'ldi. Ular Qirg'izistonga qarshi bahsda ikkinchi tarkib bilan harakat qilishini kutishimiz mumkin. Bu sizlarga qay darajada foyda keltiradi?

- Yaponiya ikkinchi tarkib bilan tushgan taqdirda ham zaxira futbolchilari asosiy tarkibga kirish uchun o'zlarini astoydil ko'rsatadilar. O'ylashimcha, raqib murabbiyi ikkinchi tarkibni ilk daqiqalardan maydonga tushirmaydi.

- Qirg'iziston klublarining OFK Kubogidagi ishtiroki haqida fikringiz qanday?  Xususan, "Dordoy"ning...

- Qirg'iziston chempionatining darajasi unchalik yuqori emas.  "Oloy" va "Dordoy"ning xalqaro maydondagi natijalari buni aytib turibdi. Klublarimiz musobaqada to'liq tarkib bilan ishtirok etmagani ham o'z so'zini aytdi. Bizga jarohatlar va ikkita markaziy himoyachimizning yo'qligi pand berdi.  "Oloy"da ham shunday. 

- Yaponiya bilan bahsda ijobiy natijani qo'lga kiritish uchun nimaga umid qilsa bo'ladi?

- Faqat va faqat kuchli xohish, va ishlab chiqilgan strategiyaga amal qilish hisobiga Yaponiya bilan bahsda ijobiy natijani qo'lga kiritsa bo'ladi.

- Terma jamoaning etakchisi va muhim futbolchisi Edgar Bernxardtning holati, o'yin amaliyoti yo'qligi havotirga solmayaptimi? 

- Futbolchining o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani albatta, yaxshi emas. Lekin bizda uning o'rnida boshqa futbolchilar bor. Edgarning holati ustida ishlash uchun vaqt topiladi. 

- Terma jamoa bilan parallel ravishda "Dordoy" klubini ham boshqarasiz. Aksariyat mamlakatlarda, deylik, O'zbekistonda bir murabbiyning ikki joyda ishlashi tanqid ostiga olinadi...

- O'zbekistonda vaziyat boshaqacha. Bu borada o'xshatmaslikni so'rab qolardim. Bizda "Dordoy" terma jamoaning bazasi bo'lib xizmat qiladi. Terma jamoaning o'yinini shakllantirish va nomzodlarning holatini bilish uchun "Dordoy"da ishlashimni yomon tomonini ko'rmayapman. Mazkur klubni qabul qilib olganimdan so'ng futbolchilarimning faolligi, hujumdagi tezkorligi oshdi. Ikki joyda ishlash menga xalaqit bermaydi. Men Qirg'iziston terma jamoasini boshqara turib, boshqa jamoaga murabbiylik qilmasdim. "Dordoy"ni terma jamoaga baza bo'lgani uchun qabul qilib olganman.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика