So’nggi yangiliklar

00:14Россия ФИФА рейтингида 174-ўриндаги жамоа билан ўртоқлик ўйини ўтказди  9 23:452027 йилги ЕЧЛ финали Мадрид шаҳрида бўлади  0 23:21АПЛдаги нархи энг кўп арзонлашган футболчилар  0 22:54Тимур Кападзе Қирғиз Республикасига қарши баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  18 22:35 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан расмий машғулотини ўтказди  0 22:13Бобир Абдиҳолиқов: "Ўйинга 100% тайёрмиз. Эртага гол уришга ҳаракат қиламан"  11 21:40Алаба ва Милитао "Реал"да қолиши мумкин  3 21:20Ўзбекистон термаси асосий ўйинчиларидан бири жароҳат сабаб миллий жамоа лагерини тарк этди  40 21:04Қирғиз Республикаси термасининг "Бунёдкор" стадионидаги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  6 21:01Ламин Ямал: "Барселона"нинг ҳозирги мақсади – требл"  3 20:45Ўзбекистон - Қирғизистон. Терма жамоамизда дисквалификацияга учраган футболчи борлиги ёдингиздами?  9 20:20Қирғиз Республикаси терма жамоаси устози Максим Лисицин матбуот анжуманида нималар деди? (матбуот анжумани тўлиқ ҳолда)   19 19:44Педри: "Тўп де Йонгда бўлса, мен хотиржамман"  2 19:11Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси ўйинидан олдинги бешта асосий савол  20 18:58"Барселона" Фатидан қутулмоқчи  2

Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi ustozi Maksim Lisicin matbuot anjumanida nimalar dedi? (matbuot anjumani to'liq holda) Yangiliklar

Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi ustozi Maksim Lisicin matbuot anjumanida nimalar dedi? (matbuot anjumani to'liq holda)

Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Maksim Lisicin va jamoa sardori Valeriy Kichin JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasidagi O'zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Biz ertaga qiyin bahs bo'lishini bilib turibmiz. Saralash bosqichi o'z yakuniga yaqinlashib bormoqda. Har bir jamoa natija uchun o'ynashni boshlagan. Natija biz uchun ham juda muhim. Biz ertaga o'zimizga kerakli bo'lgan natijaga erishishga harakat qilamiz", - deya fikr bildirdi Maksim Lisicin ertangi bahs oldidan.

"Ertaga katta ajiotaj bo'lishi kutilmoqda. Ikki jamoa ham muxlislar uchun qiziqarli bo'ladigan futbol namoyish etishadi degan umiddaman", - dedi jamoa sardori Valeriy Kichin.

- Chempionatda ikki tur o'tkazildi. Premer-ligada to'p tepayotgan futbolchilarning jismoniy holati va tayyorgarligi haqida gapirib o'tsangiz. Shuningdek, legionerlarning holati qanday?

- Holat unchalik yomon emas, yaxshi deb ham ayta olaman. Biz oz bo'lsa ham tayyorgarlik o'tkazdik. Chempionatning dastlabki ikki bahslari bizga katta yordam berdi deya olmayman. Sababi futbolchilar suniy maydonda o'ynashdi. Endi esa ular tabiiy maydonga o'tishmoqda. Ushbu holat futbolchilarga muammo tug'dirishi mumkin. Biz o'yinga tayyormiz deb o'ylayman. Har bir soniyadan unumli foydalanishga va o'yinlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishga maksimal harakat qilmoqdamiz.

- O'tgan yili sentyabrda O'zbekistonga qarshi o'tkazilgan bahsdan oldin Qirg'iziston terma jamoasi Erondan Bishkekka etib kelishda muammolarga duch kelgandi. Aynan shu logistik muammolar sababli tayyorgarlik biroz qiyin kechgani haqida aytib o'tgandingiz. Bu safar Qirg'iziston terma jamoasi bunday muammolarga duch kelmadi. Jamoangiz ertangi o'yinga to'liq tayyormi?

- Bu safar logistika masalalari bo'yicha muammolar bo'lmadi. Bir nechta legioner futbolchilarimiz xorijdan uchib kelishdi xolos. Umuman olganda, tayyorgarlik yaxshi o'tdi. Ertangi bahsni Bishkekdagi o'yin bilan solishtirish biroz g'alati. Oradan ancha vaqt o'tdi. Ko'pgina futbolchilar o'z klublari bilan yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini o'tashdi. Biz nimaga qodir ekanligimiz va maksimum darajamizni ko'rsata olishimizni ertaga maydondagi harakatlarimiz orqali bilib olamiz. O'ylaymanki, futbolchilar bahsga 100% tayyor.

- O'zbekiston terma jamoasining ayni damdagi himoya chizig'ini qanday baholaysiz?

- Zamonaviy futbolda aynan bir chiziqni yoki poziciyani baholash noto'g'ri. Masalan, jamoaning umumiy himoyaviy harakatlarini baholash mumkin. O'zbekiston terma jamoasida o'ta kuchli futbolchilar borligini bilamiz va aynan shu sababli terma jamoangiz himoyada ham ancha ishonchli harakatlanadi.

- Qirg'iziston terma jamoasi o'z uyida yaxshiroq o'ynamoqda degan taassurot bor. Masalan, O'zbekistonga va Eronga qarshi bahs. Shuningdek, KXDR ham Bishkekda mag'lub etildi. Safar o'yinlaridagi natijalar esa yaxshi emas. Qirg'iziston terma jamoasi uchun safarda o'ynash haqiqatan ham qiyinroqmi?

- Menimcha, ushbu bosqichda bizga biroz tajriba etishmayapti. Shu sababli mehmon sifatida o'tkazayotgan bahslarimizda qiynalmoqdamiz. O'z uyimizda esa muxlislar bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashadi va bu bizga yanada ko'proq ishtiyoq beradi. Safardagi bahslarda ham yaxshiroq natijalar qayd etishga harakat qilmoqdamiz. Ushbu muammo ustida ishlayapmiz. 

- Valeriy, siz o'tgan mavsumda O'zbekiston chempionatida to'p tepdingiz. Ushbu jihat sizga ertangi bahs oldidan qo'l kelishi mumkinmi?

- Yo'q. Klub futboli va terma jamoa darajasi katta farq qiladi. Shuningdek, O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib futbolchilari asosan legionerlar.

- Qirg'iziston terma jamoasi bunga qadar O'zbekistonga qarshi to'qqiz marotaba to'qnash kelgan va barcha o'yinlarda mag'lub bo'lgan ekan. Ushbu statistika sizlarga bosim o'tkazmayaptimi?

- Menimcha, yo'q. Ushbu fakt ko'proq muxlislar va rahbariyatga tasir o'tkazsa kerak. Futbolchilar esa bunga etibor berishmaydi. Futbolchilar faqatgina yaxshiroq o'yin namoyish etish haqida o'ylashmoqda.

- Qirg'iziston prezidenti Bishkekdagi bahsdan oldin, agar terma jamoa g'alaba qozonsa, avtomobil sovg'a qilishini vada bergan degan fikrlar tarqalgandi. Ertangi bahs oldidan ham shunday vadalar berildimi? 

- O'zbekiston prezidenti vada berganmi?(kuladi). Yo'q, men bundan xabardor emasman. Futbolchilarda motivaciya etarli. Bu gap-so'zlar ko'proq muxlislar va futbol atrofidagi insonlarga tegishli. Futbol federaciyasi bizni juda yaxshi qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Siz aytgan gaplardan xabarim yo'q.

Reyting: -2   

Fikrlar

+9   
19 mar 20:28:43
Kaxramon Karriev
Химоя чизигидаги савол энг савиясиз савол мен учун, хадеб мактанавермаслик керак
+6   
19 mar 20:36:53
Forever
Himoya chizig'i? Blya Abduqodir Husanov haqida fikringiz yangi Gelik oldi ko'rdingizmi demaptida?
+5   
19 mar 20:58:38
Sherzodjon Abdullayev
Сизлардан бир пример лигада уйнамасин эканда
+3   
19 mar 21:32:37
Bu shunchaki o'yin
Ўзбекистон терма жамоасининг айни дамдаги ҳимоя чизиғини қандай баҳолайсиз?
Shu savolni bergan jurnalist o'ta bachkana ekanligini bildirib qo'yibdi
+3   
19 mar 21:12:07
Баходиржон 1912
Дадсини пулига ўқиган журналистлар каллада ҳеч вақо йўқ саволди аҳволини қара э ўла сўтак
+3   
19 mar 20:54:56
Dilshodbek9099
Ximoya chizig'i xaqida savol bergan jurnalist o'zining saviyasini ko'rsatib qo'yibdida
+3   
19 mar 20:34:22
Ikromjon
Бунака мактанчок савол бериш учун ёлоки булиш керак
+2   
19 mar 23:26:08
Ekspert Futbol
E ahmoqona savollar bermanglar, futbolga aloqador boʻlsin. Avtomobil beradi, Himoya chizigʻimiz haqida fikriz deb savoyasizlik qilmanglar. Tayyorgarlik, prinsipaylik, oʻyin oldi tayyorgarlik. Bunga nima deysiz? Qancha pul olasiz? Ichki chempionatiga baho bering? Bunaqa narsalar qiziq boʻlsa oʻzi bilan shaxsiy suhbatlashing, bunaqa rasmiy tadbirlar AFC da qoldida. Chet ellik yoki guruhmizdagi raqiblar bu tadbir oʻyin oldi va keyingi jarayonlarni kuzatib oʻrganadi. Nima kerak bunaqa saviyasizlik! Ertaga terma jamoamizga omad tilayman. Qirgʻiziston oddiy raqib emas, bepisand munosabatda boʻlishmasin. Futbolda hujum qilib raqibga imkon bermaslik kerak. Oʻyin vaqtida ham 1:0 yoki 2:0 holatlarini ushlab qolishga emas koʻpro gol urishga xarakat qilishsin. Taktika hujum va tartibli himoya boʻlishi kerak. Gollar soniyam ertaga bizni zararmizga ishlamasin. Eronga qarshi ruhiyat koʻtarinki boʻlishi kerak! Qirgʻiziston bilan faqat judayam tez oʻynash kerak imkoniyat boʻlmasin ularda xar bir qarich joy uchun talashib oʻynasin.
+2   
19 mar 20:52:02
Sahoyat Reise
Автомобил совға қилиш хақида савол бунча тутуриқсиз булмаса. Бу саволга ким хам, "ха, ваъда берди" дейди?!
+2   
19 mar 20:51:04
dessi anvar
жуда паст савиядаги саволлар , ундан кўра БААдан қанча ақча алдынгдер демайсанми бизни ютиш учун , бир кун келиб ўзларингни ҳам чуқурга итариб кетади демайсанми
+1   
19 mar 22:00:05
Salah Muhammad
Шу саволларни берсам қандоқ бўларкин демадимикин а савол беришдан олдин (ўзини кулги қилиб хаммага) берган саволларни қаранг ээ тавбаа
+1   
19 mar 21:39:59
Odilbek Abdushukurov
Kaxramon Karriev foydalanuvchining fikriga javob berish
Химоя чизигидаги савол энг савиясиз савол мен учун, хадеб мактанавермаслик керак
"Sizlarda Manchester city o‘yinchisi bor" degan javobni kutganda, maqtanib.
   
20 mar 01:14:35
Davronbek Abduvaliev
Мехмон терма жамоаси мураббийидан бизни терма жамоа хақида мақтов эшитмагунча бир бирига ўхшаш саволларни бераверинглар.
   
20 mar 01:14:21
Davronbek Abduvaliev
Мехмон терма жамоаси мураббийидан бизни терма жамоа хақида мақтов эшитмагунча бир бирига ўхшаш саволларни бераверинглар.
   
20 mar 01:14:15
Davronbek Abduvaliev
Мехмон терма жамоаси мураббийидан бизни терма жамоа хақида мақтов эшитмагунча бир бирига ўхшаш саволларни бераверинглар.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика