So’nggi yangiliklar

09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  0 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  6 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  9 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  1 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  2 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  2 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  6 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3

Qibrayga katta futbol qaytmoqda! Yangiliklar

Qibrayga katta futbol qaytmoqda!

Teglar :  Qibray
Qibray o'zbek futbolida o'z o'rniga ega. O'z vaqtida O'zbekiston yoshlar terma jamoasining asosiy hujumchisi bo'lgan, Qozonning Rubin klubida to'p surgan Davron Mirzaevni muxlislar yaxshi eslasa kerak.

Davron Qibray futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lekin ayrim sabablarga ko'ra, futbolimizga bir qator futbolchi-yu, futzalchilarni etishtirib bergan tumanda malum vaqt katta futbol to'xtab qolgan edi. Xususan, 90-yillarda 1-ligada «Rohat» jamoasi Qibray sharafini himoya qilgan, shundan so'ng tuman jamoalarini professional ligalarga ko'rmay qo'ygandik. Uzoq yillik tanaffusdan keyin Qibrayga katta futbol qaytish arafasida. Qibray tuman hokimi Mirqosimov Mirazam Mirazadovich Vazirlar Mahkamasining «Hududiy futbol associaciyalari faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga asosan tumanda futbolni rivojlantirish bo'yicha alohida qaror qabul qildi. SHu munosabat bilan etti yildan beri Toshkent viloyati chempionatida muntazam ishtirok etib kelayotgan «Humo» futbol klubining moddiy-texnik bazasini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. SHaxsan tuman hokimi Mirqosimov Mirazam Mirazadovichning qatiy nazorati ostida tumanga katta futbol qaytish arafasida. Yani, «Humo»ning asosiy maqsadi O'zbekiston Professional futbol ligasi tasarrufidagi musobaqaga yo'llanma olish.

Tuman hokimining etiboriga mos ravishda Ravshan Sahobuddinov murabbiyligidagi «Humo» 3-tur o'yinlari o'tkazilgan Toshkent viloyatini chempionatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Jumladan, 3ta o'yinning ikkitasida g'alaba nashidasini surgan «Humo» yana bir bahsda durang qayd etgan holda 7 ochko bilan o'z mintaqasida turnir jadvalida ikkinchi pog'onadan joy olib turibdi. Jamoaning natijasidan tashqari qilinayotgan mehnatlar samarasi boshqa yo'nalishlarda ham bo'y ko'rsatmoqda. Xususan, «Humo»ning ikki nafar azosi – Behruz SHukurullaev hamda Diyorbek To'laboev 2006 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Server Jeparov etiboriga tushdi. Futbolchilar o'smirlar termasiga nomzod bo'ldi. Aytish kerakki, tumandagi BO'SMda «Humo»ning kelajagi bo'lgan yosh iqtidor egalari tarbiyalanmoqda. Jamoaning yosh tarbiyalanuvchilari ham xuddi akalari singari viloyat birinchiliklarini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Umid qilamizki, «Humo» o'z oldiga qo'yilgan vazifa bajarib, Qibrayga yana katta futbol havosini olib kiradi. Jamoaning kelajagi bo'lgan bolalardan esa, o'zbek futbolining yulduzlari etishib chiqadi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика