So’nggi yangiliklar

16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  21 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  0 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  3 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  18 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  25 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3

Qatar MTJ futbolchisi: "O'zbekiston bizdan alamini olmoqchi" Yangiliklar

Qatar MTJ futbolchisi: "O'zbekiston bizdan alamini olmoqchi"

Osiyo Elit CHempionlar ligasining 4-turi doirasida o'tkazilgan "Paxtakor - "Al Rayyan" (0:1) bahsidan so'ng Qatar terma jamoasi azosi Abdul Aziz Hatim saytimizga kichik intervyu berdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- "Paxtakor" bugun ancha yaxshi o'yin namoyish etdi. Biz dastlabki uch ochkoni qo'lga kiritdik. Raqib ko'p vaziyatlar ega bo'ldi, lekin ularning barchasini ko'kka sovurdi.

- "Paxtakor"dan bunday jiddiy qarshilik kutganmidingiz? Raqib birinchi bo'limda juda katta ustunlikka ega bo'ldi.

- "Paxtakor" qaytgan to'plarning barchasiga ega chiqdi. Ikkinchi qavatda ham raqib ustunlik qildi. Biz yaxshi himoyalana oldik. Safarda bunday jamoaga qarshi o'ynash oson emas. Ustiga-ustak maydon holati va ob-havo ham bizga noqulayliklar tug'dirdi. Tanaffusdan so'ng ko'p narsa o'zgardi.

- 10 kundan so'ng O'zbekiston va Qatar terma jamoalari to'qnash kelishadi. Qatar jamoasining navbatdagi uchrashuvlari haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Biz uchun o'ta muhim bo'lgan ikkita bahs bo'ladi. Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlarimiz hali saqlanib qolgan. Bizda boshqa yo'l yo'q, ikkala raqibni ham mag'lub etishimiz kerak bo'ladi.

- O'zbek futboli muxlislari milliy terma jamoa Qatarni mag'lub etishi kerakligini ko'p marotaba takidlashmoqda. Agar O'zbekiston Dohadan g'alaba bilan qaytsa, mundialga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyatlari keskin oshadi. SHuningdek, Osiyo Kubogidagi alamli mag'lubiyat hech kimning yodidan ko'tarilgani yo'q. Qatar terma jamoasi O'zbekistonga mag'lub bo'lmasligi qanchalik muhimi?

- O'yin ahamiyatini ikki mamlakat ham tushunib turibdi. Biz uchun finalga teng bahs. O'zbekiston bizdan alam olmoqchi ekanligini bilamiz, lekin uch ochko biz uchun ham suv va havodek zarur. Qatarliklar uchun JCH yo'lidagi eng muhim bahs shu bo'ladi.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 3-saralash bosqichi 5-tur doirasida Qatarga qarshi o'yin o'tkazadi. Bahs 14 noyabr kuni Dohadagi "Jassim Bin Hamad" stadionida bo'lib o'tadi.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика