Qatar klubi futbolchining transferi uchun pulni firibgarlarga jo'natdi
12 avg 14:07
Yangiliklar
Qatar klubi futbolchining transferi uchun pulni firibgarlarga jo'natdi
Buxarest klubi futbolchining Qatar jamoasiga transferi uchun 5,25 mln evro olishi kerak. Biroq "Styaua" egasi Jiji Bekalining so'zlariga ko'ra, "Al Garafa"dagilar pulni boshqa hisob raqamiga o'tkazgan.
"Ular pul berdik deyishdi, lekin aldanib Vetnamga o'tkazib yuborishgan. Men Florinel Koman uchun pul olmadim. Endi ular 6 mln to'lashlari lozim, biz FIFAga shikoyat qildik.
Biz ularga hisob malumotlarini yuborgandik, bu elektron malumotlar. Ular bizga hisob-faktura yuborganimizni aytishdi, lekin bazi xakerlar pochtani buzib, ularga boshqa hisob raqamini yuborishgan...
FIFAga shikoyat qildik, yana million berishsin, bu bizga malum manoda yaxshi... olti millionli bo'lamiz! Ular tergov boshlanganini aytishdi. Biz pulni 31 avgustgacha olishimiz kerak. Agar bunday bo'lmasa, bizga jarima tariqasida yana million to'lashlari kerak bo'ladi", – dedi Bekali.
Fikrlar