So’nggi yangiliklar

12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  3 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  10 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  17 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  2 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  21 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  5 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  1 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  79 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4

Qashqadaryo futbol akademiyasi ishtirokida tadbirlar davom etadi + FOTO Yangiliklar

Qashqadaryo futbol akademiyasi ishtirokida tadbirlar davom etadi + FOTO

Teglar :  FutbolQashqadaryo
8 dekabr - Konstituciya kuni bayrami munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari va ularning ustoz-murabbiylari ishtirokida umumtalim fanlaridan tahsil oladigan Qarshi shahridagi 47-umumiy o'rta talim maktabida “Konstitutciya - baxtimiz, qomusimiz” nomli manaviy-marifiy tadbir o'tkazildi. 

Etiborlisi, mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik ko'rgan o'quvchilar sahnada turib, Konstuticiyada keltirilgan moddalarni yod olgan olgan holda aytib berishi, turli ko'rgazmali vositalar yordamida sharhlab berishi tadbirga yig'ilganlar etirofiga sazovor bo'lishdi.

SHuningdek, akademiya o'quvchilari va ularning ustozlari hamda viloyat futbol associaciyasi hamkorligida 3 dekbr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qarshi shahridagi “Muruvvat” internat uyida bo'lishib, xayriya tadbiri o'tkazishdi.

Xabaringiz bor, har yili mamlakatimizda Xalqaro nogironlar kuni keng nishonlanadi. Maqsad, nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, manaviy qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o'z o'rinlarini egallashlariga ko'maklashish singari bir qator xayrli ishlarni amalga oshirish. 

Akademiyaning yosh futbolchilari, mamuriyati hamda futbol associaciyasi vakillari tashrifidan xursand bo'lgan “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilari, ayniqsa, jajji o'g'il-qizlar bundayin iltifotdan mamnun ekanliklarini  ko'rsangiz edi…

Tashrif so'nggida bolajonlarga sovg'a-salomlar ulashildi. 

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz          

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика