So’nggi yangiliklar

09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  9 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  6 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4

"Qarshidagi penalti". Tantashev ishi qayta ko'riladi! Yangiliklar

"Qarshidagi penalti". Tantashev ishi qayta ko'riladi!

Superliga 21-turining eng katta voqeasi, shubhasiz, Qarshidagi o'yinda sodir bo'ldi.

"Ajdarlar" darvozasi tomon belgilangan "11"dan keyin "Nasaf" mutasaddilari hakamlar brigadasi jamoani qimmatli 2 ochkodan mahrum qilganini aytishdi. O'FA hakamlar qo'mitasi ularning etirozini tasdiqlab, Ilgiz Tantashevni nomuayyan muddatga chetlatdi.


Bu qaror buxorolik referi "So'g'diyona" foydasiga yo'q joydan penalti yasagani to'g'risida tasavvur paydo qilib, jamoatchilik orasida jiddiy shubha yaratdi. O'zim ham O'zbekistonning 1-raqamli hakami turning markaziy uchrashuvida VAR yordamidan foydalanib, qo'pol xato qilishiga ishonmadim. Unga nisbatan tashqi tomondan bosim bo'lganini taxmin qilib, vaziyatni o'rganishga kirishdim.

Dastlab, mahalliy hakamlar epizod tashqaridan ko'ringanidek sodda emasligi, translyaciya sifati pastligi tufayli mavjud kadrlardan xulosa chiqarish qiyinligini bildirishdi. Keyinroq bu fikrni rossiyalik Anatoliy Sinyaev ham tasdiqladi.

SHundan keyin hakamlar qo'mitasining qarori biroz tushunarsizdek tuyula boshladi. Oxirgi turlarda 11 metrli nuqta bilan bog'liq 2 ta qo'pol xatoga guvoh bo'lgandik. 

1) Abdurashid Xudoyberganovning Namanganda qilgan xatosi (Superliga, 19-tur) "Navbahor"ga 2 ochko sovg'a qildi.

2) Edita Mirabidovaning Oliy liga 17-turida qilgan xatosi "So'g'diyona-W"ni chempionlik poygasidan chiqarib yubordi.

Ulardan biri 4, boshqasi 8ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan. Tantashev esa nomuayyan muddatga chetlatildi. Kimdir Ilgiz yil oxirigacha dam olishini aytsa, uning hakamlikka qaytishiga shubha bilan qaraganlar ham bo'ldi. 

Endi etibor qiling, "Nasaf" darvozasiga belgilangan penaltini noto'g'ri deb hisoblasak, Edita va Abdurashidning xatolari bilan bir xil vazn, bitta kategoriyaga kiradi. Lekin qo'mita buxorolik referiga eng og'ir jazoni berdi. Buning nomi "2 xil standart bilan ishlash" deyiladi...

Xullas, shunaqa xayollar tinchlik bermadi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida o'yinning ertasi kuni Tantashev bilan bog'lanib, maydonda nimalar sodir bo'lganini o'rganishga harakat qildim. Birinchi kun iloji bo'lmadi (hakam depressiyada edi). 24 soatdan keyin oramizda quyidagi suhbat bo'ldi:

— Ilgiz aka, komissiya xulosasidan keyin o'yingacha sizga nisbatan bosim bo'lgani haqida o'yladim. Biz bilgan Tantashev VAR yordamida xato qilishi qiyin masala...

— Agar tahdid yoki tashqi bosim haqida gapirayotgan bo'lsangiz, xavotir olishga hojat yo'q. Aksincha, o'sha kuni "Nasaf" mezbon edi. Jamoa chempionlik uchun kurashyapti. Stadionga minglab muxlislar kirgan. Qarshiliklar zarariga chalinadigan istalgan hushtak norozilik bilan kutib olinishi malum. Lekin bu vaziyatlarni to'g'ri baholashimga zarracha xalal berolmaydi. 

Yodingizda bo'lsa, oldingi turda "Navbahor" ishqibozlari ko'pchilikni tashkil qilgan o'yinda ham namanganliklar darvozasiga penalti qo'ygandim. Jamoaning muxlislari 1 mlrd bo'lsa ham, bu maydondagi epizodni yo'qqa chiqara olmasligini hamma tushunishi kerak.

Men professional odamman. Xato qilgan kishi javob berishi kerak. Himoyalanayotgan jamoa jarima maydoni ichida qo'pol o'ynar ekan, penalti muqarrarligini tan olishi shart. Agar vaziyatni men noto'g'ri baholagan bo'lsam, yanglishganimni tan olib, rahbariyat qarorini qabul qilaman.

— Ekspertlar komissiyasi qaroringizni xato, deb topdi. Bu fikrga qo'shilasizmi?

— Ular qaysi kriteriyalar bo'yicha xulosa berishganini bilmayman. Men uchun bu — penalti.

— O'sha epizodga VAR aralashmasa, "11" bo'lmasmidi?

— Faxriddin, siz bosh hakam bilan VARdagilar o'rtasidagi suhbatni eshitmasangiz, holatni boshqacha tushunishingiz aniq. O'sha to'qnashuvdan keyin, dastlab, o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdim. CHunki darvozabon va hujumchi tabiiy inersiya tufayli to'qnashgandek tuyuldi. Buni VAR tasdiqladi. 

Qarasam, "So'g'diyona" futbolchisi oyog'ini ushlab yotibdi. Darhol sergak tortib, VARdagi hamkasbimdan oyoqqa "kontakt" bor-yo'qligini so'radim. U vaziyat murakkabligi tufayli yakuniy qarorni o'zim chiqarishimni so'radi. 

Monitor yoniga borib, takroran ko'rdim. To'g'ri, kadr ancha sifatsiz. Lekin tajribali hakamlar darvozabon raqib hujumchisining oyog'iga zarba berib yuborganini payqay oladi. Menga ham shunday ko'rindi. Masuliyatni bo'ynimga olib, 11 metrli nuqtani ko'rsatdim.

— O'yindan keyin tahlil qilish uchun ancha vaqtingiz bo'ldi. Fikringiz o'zgarmadimi?

— Yo'q. Yuqorida ham aytdim: bu — penalti! Mana bu rasmga qarang.

— Yashil butsa kimniki? 

— "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov.

— Undan oq getrali futbolchining oyog'iga "kontak" bormi?

— Ha, shunaqa ko'rinyapti.

— Faxriddin, yana nima kerak? Bunaqa vaziyatda penalti qo'yiladi. To'g'ri, o'sha kun 11 metrli nuqtani ko'rsatmasam, hech kim etibor qilmasligiyam mumkin edi. Lekin monitorda ko'rgan narsamga, ozmi-ko'pmi tajribamga, o'yin qoidalariga qarshi bora olmadim. Agar bu xato bo'lsa, javob berishga tayyorman.

— Rosti, bunaqa burilish kutmagandim. Qaroringizga 100 foiz ishonyapsiz, tepadagi stop-kadr uni tasdiqlayapti. Unda nega diskvalifikaciyani jim qabul qildingiz?

— Men barchaning fikrini hurmat qilaman. Lekin qo'mita xulosasi bo'yicha apellyaciya berishga majburman. Ekspertlarga qarorim to'g'riligini isbotlash uchun yana bir marta harakat qilib ko'raman...

Tantashev bilan suhbatdan keyin apellyaciya tartibi bo'yicha malumot olish uchun O'zFHM matbuot xizmati bilan bog'landim. Aytishlaricha, hakam o'zi bo'yicha chiqarilgan qarordan norozi bo'lgan taqdirda o'sha vaziyat bo'yicha yangi komissiya tuziladi. U referi va qo'mitada qaror chiqargan mutaxassislarni tinglab, vaziyatni boshqatdan ko'rib chiqadi. Agar norozi tomon haq bo'lib chiqsa, O'FA hakamlar qo'mitasining qarori bekor qilinar ekan...

Xullas, Qarshidagi hakamlik bo'yicha o'tkazgan surishtiruvimiz tugadi. Ishonchimiz komilki, buxorolik FIFA referisining ishi tez orada qayta ko'rib chiqiladi va adolat chinakamiga qaror topadi.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика