So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

Qarshida xotira turniri bo'lib o'tdi. Nuriddin Zaynievning o'g'li otasi haqidagi xotiralar bilan o'rtoqlashdi Yangiliklar

Qarshida xotira turniri bo'lib o'tdi. Nuriddin Zaynievning o'g'li otasi haqidagi xotiralar bilan o'rtoqlashdi

23-24 fevral kunlari Qarshida haqiqiy futbol fidoyisi, Qashqadaryo viloyati sobiq hokimi, marhum Nuriddin Zaynievich Zayniev xotirasini yod etish maqsadida futbol bo'yicha ilk xalqaro turnir tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan xotira turnirida “Nasaf”, “Mashal”, “SHo'rtan” va Tojikistoning “Regar-TaDaz” jamoalari ishtirok etishdi.

Uchinchi o'rin uchun bo'lgan bahsda “Mashal” tojik klubini penaltilar seriyasida mag'lub etdi.

Finalda esa “Nasaf” “SHo'rtan”ga maydon egasi kim ekanligini kursatib quydi – 4:0.

III o'rin uchun bahs
“Mashal” – “Regar-TaDaz” 1:1 (penaltilar seriyasi 5:4)

Final
"Nasaf" 4:0 "SHo'rtan"

Xotira turniridan so'ng muxbirimiz Nuriddin Zaynievning farzandi, Oliy majlis deputati Farhod Zayniev bilan bog'landi.

"Futbol otam uchun doim muhim hisoblangan. Futbol kunlari Toshkentdan uyga qaytganimda u kishini stadionda uchratar edim. Xatto viloyat hokimligidan ketganlaridan so'ng ham “Nasaf”ni o'yinlaridan doimo boxabar bo'lib turardilar. “Nasaf”, “Mashal” va “SHo'rtan”ni rivojlantirish yo'lida do'stlari Bahrom Davlatov bilan juda ko'p maslahatlashib bir yoqadan bosh chiqarib ish turardilar. Hozirgacha eslayman, otamning salomatligi yomonlashib shifoxonada davolanayotganlarida Ro'ziqul Berdievni o'zim oldilariga olib borganman. Ular "Nasaf" haqida ikki soatlab suhbatlashib qolib ketishar edi. Hech qachon futbol haqida gapirishdan, maslahat berishdan erinmaganlar. Qashqadaryoda viloyatdagi aholining kayfiyati “Nasaf”ning o'yinlariga qarab o'zgarar edi. SHu sababli xatto majlislar ham klubning qayd etgan natijalariga qarab o'tkazilgan. 2011 yilda “Nasaf” OFK kubogini yutganida telefon qilib tabrikladim. Otam esa bu kubok bilan to'xtab qolinmaydi. “Nasaf”ning “Nasaf” bo'lishi yo'lida hali to'xtamaymiz degandilar. Xatto so'ngi nafaslarida ham futbolimizdagi natijalarini etkazib turushimni mendan so'raganlari yodimda", - deydi oliy majlis deputati Farxod Zayniev.

24 fevral, Nuriddin Zayniev hayot bo'lganida 68 yoshni qarshi olar edi.





Nomoz CHoriev Qarshidan maxsus


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика