So’nggi yangiliklar

17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  1 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  5 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  7 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  13 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  4 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  5 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  3 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0

Qarshida "Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz” xayriya akciyasi boshlandi! Yangiliklar

Qarshida "Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz” xayriya akciyasi boshlandi!

Bugun Qarshida Kamoliddin Kenjaevga atalgan xayriya akciyasi start oldi.

Qarshi shahridagi "Geolog" sport majmuasi zalida Kamoliddin Kenjaevga bag'ishlangan xayriya akciya bo'lib o'tmoqda. Unda bir qator "Nasaf" jamoasining sobiq futbolchilari, xususan Kamoliddin Kenjaev bilan birga to'p tepgan futbolchilar: Pyotr Gizimchuk, Davron Fayziev, Botir Qoraev,
Vali Keldiev, Ro'ziqul Berdiev, Nurali Sultonov, SHuhrat Toshpo'latov, Bahrom Haydarov, Konstantin Boev, Dilshod Mavlonov va Zafar Xolmurodov kabi futbolchilar tashrif buyurishgan.

Tadbirni Qashqadaryolik taniqli sharhlovchi Husan Temirov boshlab berdi. Dastavval Qashqadaryo viloyat hokimi maslahatchisi Mamatqul Rajabov so'zga chiqdi va Kamoliddin Kenjaevga yaxshi tilaklar bildirib, tadbirni ochib berdi. 

SHuningdek, tadbirga tashrif buyurgan Qashqadaryolik xushovoz xonanda Alijon Isoqov o'z musiqalari bilan barchani xushnud etdi.

SHundan so'ng "Nasaf" futbol maktabining  2005-2006 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari o'zaro kuch sinashishdi va zalga yig'ilgan ishqibozlarga chiroyli futbol bellashuvini taqdim etib berishdi. 

Yana birozdan so'ng Kamoliddin Kenjaevning do'stlaridan tashkil topgan "Nasaf-2006" jamoasi "Qashqadaryo futbol yulduzlari"ga qarshi maydonga tushishadi.

Bu haqida ham malumot berib boramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика