So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Qarshi futbol akademiyasida tadbir o'tkazildi + FOTO Yangiliklar

Qarshi futbol akademiyasida tadbir o'tkazildi + FOTO

Teglar :  Qarshi Akademiya
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Har yili yong'in xavfsizligi oyligini o'tkazish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda noyabr-dekbar oylari davomida yong'inga qarshi kurash va uning odini olishga oid chora-tadbirlari o'tkaziladi.

Bundan ko'zlangan maqsad, yurtimiz hududida ob-havoning keskin sovub ketishi va qish boshlanishi oldidan yong'inlarni oldini olish hamda yong'in va is gazidan xafsizlikni taminlash chora-tadbirlarini kuchaytirish, korxona va tashkilotlarda, talim muassasalarida, mahallalarda aholi o'rtasida keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.

Xususan, Qashqadaryo viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasida Qarshi shahar yong'in  xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda akademiya tarbiyalanuvchilari o'rtasida yong'in xavfsizligi va is gazining salbiy oqibatlari xususida nazariy va amaliy mashg'ulot bo'lib o'tdi. 

Tadbirda Qarshi shahar yong'in xavfsiziligi boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik Mashrab Ahmedov va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, aholi yashash joylarida, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarida yong'inlarning oldin olish bo'yicha, is gazining paydo bo'lishi, uning salbiy oqibatlarini oldini olish, is gazidan zaharlanganda birinchi yordam ko'rsatish holatlari to'g'risida zarur profilaktik chora-tadbirlar ko'rish yuzasidan foydali malumotlarni aytib o'tdi. SHuningdek, yong'in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tasis etilgan yong'inga qarshi chora-tadbirlar to'g'risda chop etilgan  kitoblar o'quvchilarga taqdim etildi.

Tadbir so'ngida sportchi-o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

SHavkat RO'ZIEV, Qashqadaryo viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasining manaviyat-marifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика