So’nggi yangiliklar

09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  2 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3

Qars ikki qo'ldan chiqadi. Hakamlar qaytariladimi? Yangiliklar

Qars ikki qo'ldan chiqadi. Hakamlar qaytariladimi?

Teglar :  Hakamlar
Ayni paytda Superligaga tayyorgarlik o'zining boshlang'ich nuqtasida turibdi. Biz ularga yana to'xtalamiz. Hozir mavzu hakamlar haqida.

 2024 yilning avgust oyiga kelib bir nechta tajribali va nomdor hakamlar radarlardan yo'qolib qoldi. Garchi ularning ayrimlari xalqaro maydonda faoliyatini davom ettirgan bo'lsa ham. Mavsum yakunida O'zFHM matbuot xizmati ko'rinish bermayotganlardan faqat Aziz Asimov borasida bayonot berdi va u hakamlikdagi faoliyatini yakunladi. Eng qizig'i ro'yxatdagi hakamlar rasman diskvalifikaciya qilinmagan bo'lsada, nima uchundir ichki chempionatda avgustdan so'ng birorta o'yinga tayinlanmadi. Lekin yaqinda FIFA tomonidan 2025 yil uchun xalqaro maydonda ishlaydigan hakamlarimiz ro'yxati elon qilindi. Qizig'i unda Firdavs Norsafarov va Akobirxo'ja SHukurullaev ham bor. Ular o'sha "guruh"ning azolari va oxirgi marta Superligada o'tgan yil avgustda tayinlov olgan. Superligada ish topilmayotgan hakamlarni OCHL va boshqa musobaqalarda ko'rishimiz mumkin. 

O'zFHM nimani yashirmoqda? Aziz Asimov, Firdavs Norsafarov va boshqa hakamlar qaerda? 

Xo'sh, agarda hakamlar xato qilgani uchun "tozalangan" bo'lsa, demak, bu ishning boshqa ishtirokchilari ham bo'lishi kerakku?! Adolatni taminlash uchun o'sha ikkinchi tomondagi shahs(lar), klublarimizga ham chora ko'rish kerakmasmidi? Fikrimizcha, mantiqan olib qaralganda ham bu erda faqat xato bir tomondan o'tmagan bo'lishi kerak. O'ylantiradigani shuki, malum darajada tajribaga ega, Superliganing qator o'yinlarida ishlab ulgurgan hakamlar yakunda "chopilishdi". Bitta hakamlarni yo'q qilib yuborish bilan chempionatni shunchaki ideal qilib qo'yish qiyin va ilojsiz ish hisoblanadi. Bu bilan nimagadir shama qilmoqchi emasman. Lekin o'rmonga o't ketganida daraxtlarni o'zi yonib ketmaydi. Aziz Asimov O'zFHM direktori bo'layotgani haqidagi xabarlar qo'log'imga chalindi. Superliga va turli darajadagi katta-kichik xalqaro uchrashuvlarda faoliyat olib borgan Asimov ham yuqoridagi "yo'qolib qolganlar"ning orasida bo'lgandi. Bundan kelib chiqadiki, malum vaqt o'yindan chetga chiqqan hakamga endi kattaroq lavozim nasib qildi. Aziz Asimov yaxshi saviyadagi hakam bo'lgan — bu fakt. Ammo avvaliga norasmiy malumotlarga ko'ra, o'yinlardan chetlatilgan mutaxassis undan ham muhimroq ishga tayinlandi. Istaymizmi yoki yo'q, bu yana javobsiz savollarni keltirib chiqaradi. Aytmoqchi bo'lganimiz, bu erda muammo faqatgina hakamlarda bo'lmagan va bundan keyin ham unday bo'lmaydi. "Qars ikki qo'ldan chiqadi", deyishadi. Superligamizdagi muammo faqatgina hakamlar bilan bog'liq emas va uni hal qilish uchun faqatgina referilarni jazolash noto'g'ri. Asimov bu ishga kirishadigan bo'lsa, vatan yo'lida astoydil qamishdan bel bog'lab ishlasa bu foydali bo'lishi mumkin, chunki u hakamlar ichidagi barcha mayda detallargacha biladi. U hammani to'g'ri yo'lga yo'naltira oladi. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика