So’nggi yangiliklar

10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  2 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  4 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  4 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  6 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  8 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  10 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  15 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  8 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  16 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  9 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  6 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  3 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  7 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  109 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  6

Qaldirg'ochlar parvozi: "Bunyodkor" "Al SHabab"ni taslim etdi Yangiliklar

Qaldirg'ochlar parvozi: "Bunyodkor" "Al SHabab"ni taslim etdi

Kecha Toshkentda "Bunyodkor" "Al SHabab"ni (BAA) mag'lub etib, Osiyo CHempionlar ligasining guruh bosqichiga yo'l oldi.

"Bunyodkor" uchun "Al SHabab" bilan bahs mavsumdagi birinchi rasmiy uchrashuv bo'ldi va bu narsa havotir uchun birinchi sabab bo'ldi. Amirliklar klubi endigina mavsumning yarim uchrashuvlarini o'tkazib bo'lgan edi. Hamyurtimiz Aziz Haydarov to'p tepadigan klub o'z chempionatida 7-o'rinni egallab turibdi va so'nggi besh uchrashuvning faqatgina bittasida g'alaba qozongan.


Bu bahsdan oldin har ikkala jamoada muammolar tug'ilishi aniq bo'lgan, ammo bu klublar uchun g'alaba alohida ahamiyat kasb etar edi. "Bunyodkor" g'alaba qozonsa OFKda mamlakatimizga ochko olib berardi, "Al SHabab" zafar quchsa inqirozli o'yinlardan chiqib olishi tayin edi.

Uchrashuv boshlandi. SHomurodov bahsning ikkinchi daqiqasida o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi. Hujum raqibning muvaffaqiyatsiz to'p oshirishidan boshlandi va SHaker Zuagi Hamdamov bilan ajoiyb kombinaciyani boshlab berdi, Dostonning oshirmasidan so'ng Eldor zarba berdi. Mehmonlar o'tkazib yuborilgan goldan so'ng tezda hujumga o'tdi va xavfli imkoniyat yarata oldi. Enrike Luvannor o'ng qanot bo'ylab reyd uyushtirdi va jarima maydonchasi markaziga to'pni tashlab berdi, ammo to'p uning jamoadoshlariga borib tushmadi va Zuxurov o'z jamoasini xavfdan bartaraf etdi.

"Bunyodkor"ning golidan so'ng extiyotkor o'yin boshlandi, 20 daqiqada esa mezbonlar to'pga egalik qilish bo'yicha katta ustunlikka erisha oldi. "Al SHabab" o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo eng yaxshi natija burchak to'pi bo'ldi.

Osmon ochiq, quyosh charaqlab turgandek edi, ammo hammasi bir lahzada o'zgardi. 35-daqiqada Komilov va Hamdamov ajoyib va tezkor qarshi hujum tashkil etishdi, Akrom to'pni SHomurodovga juda chiroyli tashlab berdi va Eldor dublga erishdi.

Birinchi bo'lim oxirida "Bunyodkor" biroz chekindi, ikkinchi bo'limda esa tezkor qarshi hujumlarga tayanib o'ynadi. O'yinning ikkinchi qismida mezbonlarning eng xavfli hujumi Nasimov SHomurodovga to'p tashlab bergan vaziyatda bo'ldi. Ilhomning bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi. Mehmonlarning ikkinchi bo'limdagi yagona xavfli hujumi Aziz Haydarovning zarbasi bilan boshlandi, Zuxurov qaytarib yuborgan to'pga Junino zarba berdi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.


Bahs davomida "Al SHabab"ning o'yini qovushmadi. Jismoniy charchoqning sababi jamoaning omadsiz o'yinlari bo'lishi mumkin. 

"Bunyodkor" raqib xatolaridan unumli foydalanib juda ajoyib va sifatli o'yin namoyish etdi. Birinchi navbatda qarshi hujumlar foyda berdi va bu g'alabago olib keldi. Sergey Lushan jamoasining keyingi o'yinlarini kuzatib boramiz. O'tgan mavsum ham "Al Jazira" ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshlangan edi, ammo guruh bosqichi "qaldirg'ochlar" uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Jamoamiz bundanda kuchliroq jamoalarga qarshi qanday o'yin o'tkazar ekan?

Marat Aksanov


OCHL. Pley-off.

"Bunyodkor" (O'zbekiston) - "Al SHabab" (BAA) 2:0 

Toshkent, "Bunyodkor" stadioni.

Bosh hakam: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya) 

Gollar: Eldor SHomurodov (2, 35)

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov (s), 3.Akramjon Komilov, 7.SHaker Zuagi, 10.Eldor SHomurodov, 15.Javlon Mirabdullaev, 17.Dostonbek Hamdamov (Sato Minori, 81), 19.Zabihillo O'rinboev (14.Bahodir Nasimov, 58), 22.Rustamjon Ashurmatov, 29.Otabek SHukurov (11.SHahzodbek Nurmatov, 63), 71.Aleksandar Alempievich

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 5.Dilshod Jo'raev, 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Minori Sato, 11.SHahzodbek Nurmatov, 14.Bahodir Nasimov

Bosh murabbiy: Sergey Lushan

"Al SHabab": 18. Salim Abdulla, 3. Muhammad Al SHamiri, 4.Muhammad Marzuq, 7.Aziz Haydarov, 10. Karlos Villanueva (s), 11.Enrike Luvannor, 15. Dovud Al Balushi (92. Halifa Abdulla, 46), 22. Manei Muhammad, 25. Mahmud Qosim, 26. Hassan Safar, 99. Junino (77.Rashid Hassan, 84).

Zaxira: 17. Hassan Hamza. 2. Issa Muhammad, 20. Nosir Masud, 30. Muhammad Juma, 70. Ahmad Sulaymon, 77.Rashid Hassan, 92. Halifa Abdulla. 

Bosh murabbiy: Kaio Junior

Ogohlantirishlar: Al SHammari (25), Hassan Safar (60), Dostonbek Hamdamov (68), Muhammad Marzuq (88), Villanueva (90)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика