So’nggi yangiliklar

07:25ОЧЛ-2. "Насаф" жамоаси сафарда "Шабаб Ал-Аҳли" клубига мағлуб бўлди. Азмун уч дақиқа ичида иккита гол урди.  0 03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8

Qahhor Mo'minov - Pandemiya vaqtida SHomurodovning transferi, Evropa klublarining futbolchi tanlash siyosati va O'zbekiston nima uchun Jahon chempionatiga chiqa olmayotgani haqida Yangiliklar

Qahhor Mo'minov - Pandemiya vaqtida SHomurodovning transferi, Evropa klublarining futbolchi tanlash siyosati va O'zbekiston nima uchun Jahon chempionatiga chiqa olmayotgani haqida

Eldor SHomurodovning Italiyaning "Jenoa" klubiga ko'chib o'tishi o'zbek futbolida yorqin chaqmoq kabi porladi desak yanglishmaymiz.

Axir o'zbekistonlik futbolchi har doim ham Evropa Top-5 chempionati klubiga ko'chib o'tavermaydi-ku. Mana shu transfer amalga oshishida katta rol o'ynagan "Prosport Management" agentlik kompaniyasi vakili, Samarqandda tug'ilgan Qahhor Mo'minov bilan bog'landik va o'zimizni qiziqtirgan bir qator savollarga javob oldik.

Osiyodan bo'lgan ajoyib takliflarga qaramay Eldor Evropani tanladi

SHomurodovning "Jenoa"ga o'tishi ko'pchilikka mo'jizadek tuyulishi mumkin, aslida bu kattagina tizimli ishning mevasidir.

2017 yilda Eldor bilan hamkorlikni boshlaganimizdayoq aynan shu yigit Evropa uchun ekanligini bilardik. Kuchli jihatlari ko'rinib turardi. Eldor oldimizga vazifa qo'ydi - Evropada o'ynash. Biz rejani ikki qismga bo'ldik: dastlab u Rossiyada o'ynab o'zini ko'rsatishi, keyin Evropaga ketishi kerak edi. U barchasini uddaladi. Yana bir narsa: Osiyo klublaridan bo'lgan ajoyib takliflarga qaramay Eldor Evropani tanladi. Osiyoda juda ham mashhur, istalgan payt Qatar, Saudiya Arabistoni yoki Xitoy klublari uni sotib olishga tayyor edilar. Ammo futbolchi boshidan Evropani orzu qildi va bunga erishdi.

SHomurodovning transferini ko'pchilik juda muvaffaqiyatli deb atamoqda. Bundan tashqari "Rostov" CSKA, "Zenit" kabi Evropada u qadar taniqli emas. Evrokuboklarda ham deyarli o'ynamagan.

"Jenoa"da o'z vaqtida argentinalik Ernan Krespo va Diego Milito o'ynaganini bilamiz. Biroq klubdagilar ularni emas Kshishtof Pyontekni ko'proq eslashadi. Sababi Pyontekni 4,5 millionga sotib olib, 35 millionga sotib yuborishgandi. Kelajakda SHomurodov ham o'zining kuchli tomonlarini namoyon eta olsa Italiyaning top klublariga etiboriga darhol tushadi, bunga shubha yo'q. Buning uchun tezroq yangi mamlakatga moslashishi, sabr qilish, ko'p mehnat qilish va yana sabr qilish kerak. SHunda barchasi o'xshaydi.



Yangi klubdagi birinchi iltimos va italyan tili

Eldor Italiyaga uchib borgan kunning ertasiga individual mashg'ulot o'tkazishni so'radi. Bu esa klubdagilar tomonidan yaxshi qabul qilindi va unga alohida murabbiy biriktirishdi.

Futbolchi uchun begona yurtda barcha maishiy muammolarni hal qilishni bizning kompaniya o'z bo'yniga oldi. Unga paragvaylik Antonio Sanabriya yashagan uyni ijaraga olishga yordam berdik. Eldor uy tanlashda ham ko'p jihatlarni hisobga oldi. Bundan tashqari Audi Q2 mashinasini ijaraga oldi. O'ylashimcha bu "Jenoa" bazasidagi eng oddiy mashina (kuladi). SHu bilan birga ko'plab mayda detallarni hal qildik - soliq rezidenti bo'lish, hisoblar ochish va hokazo.

Eldor italyan tilini o'rganishni boshlab yubordi. "Rostov"da SHomurodovning ingliz tilini o'rganishi bizning tashabbusimiz edi, ayni paytda esa "Jenoa" klubi Eldorning italyan tilini o'rganishini o'z tashabbusiga oldi. Yani klubning o'zi futbolchi tezroq italyan tilini o'rganishini xohlaydi. Unga chiroylikkina italyan tili o'qituvchisi Juliya dars bermoqda. Juliya qizil "Vespa" mashinasida haftasiga uch marta keladi va dars beradi.

"Prosport Management" xalqaro bo'limi xodimi Grigoriy Tixonov SHomurodovning yonida va tarjimon vazifani bajarmoqda. Bazida hatto klub ruxsati bilan mashg'ulotlar vaqtida ham tarjimonlik qilmoqda. Grigoriy buni ajoyib uddalaydi, axir u o'z vaqtida Ziko va Guus Xiddink kabi murabbiylarga tarjimon bo'lgan.


Masharipov istalgan chempionatda o'ynay oladi

Masharipov - ayni paytda O'zbekiston chempionatida o'ynayotgan eng yorqin yulduz. Bu futbolchi bilan shartnoma tuzib umuman xato qilmadik. O'yinni o'ziga olishdan cho'chimaydigan, nostandart harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan futbolchi. Kuchli shaxs. Aynan shu sifatlar tufayli u istalgan chempionatda o'ynay oladi. U bilan dunyoda pandemiya boshlanishidan ozgina avval shartnoma tuzgandik. Afsuski pandemiya tufayli strategiya va hamkorlikni boshqa jihatlarini oxirgacha kelisha olmadik. Jalol ayni paytdagi Osiyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri ekani bizni quvontiradi. Yangilangan, jiddiy insonlar yordamida yangi tarix yaratayotgan klub - "Paxtakor"ning etakchisi. Ushbu afsonaviy klub ortida qanday insonlar turganini yaxshi bilaman, "Paxtakor 2.0" yaqin yillarda Osiyoda tengsiz bo'lish uchun davogarlik qiladi. Bir necha bor Toshkentga uchib borish va futbolchining o'zi, "Paxtakor" rahbariyati bilan uchrashish va keyngi rejalar bo'yicha suhbatlashishga urindim, afsuski hozircha buning iloji bo'lmayapti. Samolyotlar qatnovi yo'lga qo'yilishi bilan birinchi reys bilan uchib boraman hamda kompaniyadagilar rejalashtirgan ishlarni bajaraman.


Foto. Masharipov ProSportsManagement agentligi bilan shartnoma tuzdi        


CUMdagi rasmdan keyin SHomurodov O'runovga tanbeh bergandi

Menimcha, hech qaysi futbol ekspertlari O'runovning O'zbekiston chempionatidagi o'yinlarini hozirgidek muhokama qilishmagan. Biz O'runovning agenti (xitoylik menedjer Li Feng) bilan hamkormiz.

Oston Rossiyadagi ilk o'yinlaridan ekspertlar va muxlilarda ajoyib taassurot qoldirgandi. Gap uning CUMga borganida emas (kuladi). Aytgancha bu borada Eldor Ostonga tanbeh bergandi - barcha narsani ham ommaga ko'rsatish to'g'ri emas. Ostonning xarakteri o'zgacha, haqiqiy erkaklardek, ammo sharq ananalariga ko'ra u o'zidan yoshi katta insonning gapiga kiradi.

Keling uning boshqa sifatlarini muhokama qilaylik. Uning bo'y bastiga etibor qiling va texnikasiga qarang. Ostonda "Spartak"dan boshqa takliflar ham bo'lgandi. Yashirmayman bizning kompaniya O'runovning faoliyatini davom ettirish uchun boshqa bir qator variantlar taklif qilgandi, ammo xitoylik hamkorimiz va futbolchining o'zi "Spartak"ni tanladi.

Jasur Jaloliddinov agentning balandparvoz gaplari qurboni bo'ldi

Bu transfer borasida shuni aytishim mumkinki futbolchidan juda ko'p narsa kutilayotgani baralla aytildi. Transfer amalga oshganidan keyin negadir darhol Jasurni Joau Mariudan kuchli deyishdi. Portugaliya terma jamoasida o'ynagan, Evropa chempionlar ligasida to'p tepgan futbolchi bilan taqqoslash kerak emasdi deb o'ylayman. Bu noto'g'ri yo'l edi. SHunchaki yosh yigitni yangi chempionatga olib kelish, yosh hamda qobiliyatli deb aytish kerak edi. Bundan tashqari hozirgi "Lokomotiv" rahbariyatining imidji ham o'z so'zini aytmay qolmadi - hozirgi "Lokomotiv" administraciyasi qilayotgan ishlar shubha bilan kutib olinmoqda.

Bunday taqdimot marosimidan keyin muxlislar undan juda ko'p narsani kutishadi, bu esa futbolchiga qo'shimcha bosim yuklaydi. Jasurning o'zi esa juda kamtar bola ekanini bilaman. Unga "Tambov"da omad tilayman.

Nima uchun O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqa olmayapti?

Bularning barchasi Sobiq Ittifoq parchalanshi tarixga borib taqaladi. Ammo o'z kunlarimizga qaytaylik. Endi ko'p narsalarga qodir avlod o'smoqda. Bir necha yil oldin Olmaliqda O'zbekiston va Rossiya yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishgandi. O'shanda Olmaliqqa rossiyalik jurnalistlar ham kelishgan va stadionni ko'rib xayron qolishgandi. Ularga boshqa shaharlarda ham shunday zamonaviy stadionlar qurilganini aytishganida ikki baravar xayron bo'lishgandi. Aytmoqchimanki O'zbekistonda yangi stadionlar ko'paymoqda va bu albatta o'z mevasini beradi. 2018 yilgi Jahon chempionati saralashini olaylik. O'zbekiston terma jamoasi so'nggi turgacha to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani olish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi. Suriyaga qarshi Malayziyada o'tgan bahsda so'nggi daqiqalardagi penalti barchasini barbod qilgandi. O'zbekiston terma jamoasining o'sha saralashdan o'ta olmagani men uchun juda ham alamli voqea bo'lgandi.



SHomurodovni qaysi klublar sotib olmoqchi bo'lgandi?

SHomurodovga Germaniyaning "SHtutgart", Ispaniyaning "Selta" va Moskvaning CSKA kabi klublari qiziqishgandi. "Sevilya" bilan gaplashgandik. CSKA o'tgan yozda uni sotib olmoqchi bo'lgandi.
Bilamizki "armiyachilar" doim yuqori darajadagi futbolchilarni sotib olishga harakat qilishadi, bu esa bizni xursand qilgandi.

Mana yaqinda Baxtiyor Zaynutdinov CSKAga o'tdi. U endi Evropa chempionlar ligasida o'ynaydi. Barcha yaxshi bilsa kerak Eldor Baxtiyor bilan juda qalin do'st edi. Eldor u haqda ko'p qayg'urardi. Menimcha ayni paytda Rossiya premer-ligasidan Evropaga ketishga davogarlar orasida ikkinchi o'rinda turibdi. U deyarli har bir hujum vaqtida raqib jarima maydoniga etib boradi va ortga qaytadi. Baxtiyor juda ham yaxshi imkoniyatlarga ega.


Evropa klublariga o'zbek futboli qiziq emasmi?

Bu mexanizm tavakkalchilikni pasaytirish uchun ishlab chiqilgan. Bilasizmi, Evropa klublari yosh futbolchini kuzatib, uning keyingi qadamini qo'yishini kutishadi. Top klublar futbolchini bir necha baravar qimmatga sotib olishga ham tayyorlar, shu yo'l bilan tayyor futbolchiga ega bo'lishadi va yosh futbolchining o'ynab ketolmasligining oldini olishadi. "Real", "Yuventus" kabi klublar odatda shunday yo'l tutishadi.

Ularda hujumchini sotib olishdagi uchta muhim jihat bor. Birinchisi, kuchli chempionatda o'ynash: SHomurodov Rossiyada o'ynardi. Ikkinchisi, o'ynagan barcha klublarida gol urishi kerak: SHomurodov "Bunyodkor"da kam bo'lsa ham gol urgan, "Rostov"da esa juda ko'p. Uchinchisi, terma jamoada gol urish: SHomurodovda bu borada muammo yo'q.






Karpinning keskin hazillarini barcha ham ko'tara olmaydi

Karpin Eldorga professional tomonlama ko'p narsa berdi. Eldor bir necha bor Valeriy Georgievich top-murabbiy derdi. Karpin SHomurodov "Jenoa"ga ketayotganida o'zining instagramdagi sahifasiga alohida post joyladi va unga omad tiladi. Ko'plab futbolchilar ketadi, keladi, lekin oldin Karpin bunday qilganini eslay olmayman. SHunda men Eldorga post tagiga "barchasi uchun rahmat, murabbiy" deb yozishini aytdim. Eldor shunday yozdi va Karpin "arzimaydi, qiyshiqoyoq" deb javob yozdi (kuladi). Bu eng oddiy hazillaridan biri edi. Karpin Eldorni markaziy hujumchiga aylantirdi. Buni rad etib bo'lmaydi. Jamoa taktikasini u uchun o'zgartirdi. Eldor Valeriy Georgievichdan juda minnatdor.

O'zbekistonlik qaysi futbolchilarda Rossiya yoki Evropada o'ynash imkoniyati bor?

Agar O'zbekiston Evropa Iqtisodiy ittifoqiga qo'shilsa darhol 5-7 nafar o'zbekistonlik futbolchi Rossiya premer-ligasiga ko'chib o'tishiga shubham yo'q. Sababi shunda o'zbekistonlik futbolchilar Rossiyada qozog'istonlik o'yinchilar kabi legioner hisoblanmaydi.

Ayni paytda terma jamoadagi ko'plab futbolchilar Rossiyada o'ynay olishadi. O'zining jismoniy imkoniyatlari bilan Egor Krimec bemalol Rossiyada o'ynay oladi. Aziz G'aniev haqida ham shunday fikrdaman. Dostonbek Hamdamov "Anji"ga noqulay paytda bordi. Klub o'sha vaqtda ligada qolish uchun kurashayotgandi. Agar Hamdamov o'sha paytda deylik "Rostov" yoki "Ufa"ga borganida ishoning bomba bo'lardi. Masharipov ham o'ynab keta oladi. Yoshlardan Xojimat Erkinov ham yaxshigina o'sishga erishdi, yaqindagina u O'zbekiston yoshlar terma jamoasida o'ynardi, endi milliy terma jamoada o'ynamoqda.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика