So’nggi yangiliklar

14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  4 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  8 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  3 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  2 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  3 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  4 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  10 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1 11:02Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита ўйинида ишлашади  0 10:58Футзал бўйича саралаш. Бошқа гуруҳларда кимлар бор?  0 10:54Футзал. Бугун терма жамоамиз Шарқий Тиморга қарши майдонга тушади  1 10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  4

Pyontek "Jenoa"ga qaytmoqda! Bu SHomurodovning ishlarini qiyinlashtiradimi? Yangiliklar

Pyontek "Jenoa"ga qaytmoqda! Bu SHomurodovning ishlarini qiyinlashtiradimi?

Italiya matbuotida Kshishtof Pyontekning Italiyaga qaytishi mumkinligi borasidagi xabarlar yangradi.

SHu sabab Yandex Zen'dagi "Futbol s Kaluckim" kanali Pyontekning genuyaliklar tarkibiga qaytishi o'zbekistonlik forvard Eldor SHomurodovga qanchalik tasir qilishi mumkinligi haqida yozdi.


O'yinchi A Seriyada "Milan" va "Jenoa"da harakat qilgan, so'ngra Berlinning "Gerta" klubiga yo'l olgan. Ammo polyakning Germaniyadagi faoliyati yaxshi ketmayapti va uning Italiyaga qaytishi borasida ko'plab mish-mishlar tarqamoqda. Jumladan, "Jenoa" Pyontekni xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishi borasidagi xabarlar. Bu esa Eldor SHomurodovning Italiyadagi faoliyatiga qattiq tasir qilishi mumkin. Xo'sh, nega?

1) Pyontek va SHomurodov bir xil tipdagi forvardlar. Ikkisini ham atletlik va tezlik birlashtiradi, shuningdek ikkala o'yinchining ham hozirda ishlari joyida emas. Ular o'xshash va ularning ikkisini ham asosiy tarkibda qo'yish - mazmunsiz. Murabbiyga birini qo'yish qulayroq bo'ladi. Menimcha, bu aynan polyak bo'ladi. Ikkinchi hujumchi roliga esa ikki metrli va to'p bilan yaxshi ishlay oladigan Skamakkani, tajribali Pandevni yoki Destroni, yoki qanotdan o'ynashga moyil bo'lgan Pyacani qo'yish mumkin. SHunda duet rang-barang bo'ladi.

2) Pyontekning "Jenoa"da o'ynaganiga ko'p bo'lmadi. Uni haligacha muxlislar yaxshi ko'rishadi va ular Kshishtofni asosiyda kutishadi. Klub rahbariyati va muxlislar o'rtasidagi og'ir munosabatlarni hisobga olsak, Pyontek yaqinlashish faktori vazifasini bajarishi mumkin.

Yana bir "plyus" - Pyontek "Jenoa"da 2 yil oldin o'ynagan paytdagi sheriklari bilan yaxshi tanish. Pandev, Sturaro, Lerager va boshqalar. Bu adaptaciya jarayonini osonlashtiradi.

3) Pyontek - 2020 yilning so'nggida "Jenoa"ga qaytgan yangi bosh murabbiy Ballardinining 100%lik o'yinchisi. Oldin murabbiy va forvard birgalikda 2018 yilda ishlashgan. O'shanda Pyontek Ballardini qo'l ostida 9ta o'yin o'tkazgan. Bu bahslarda esa 14ta gol urgan, shunchaki fantastika! Ballardini istefoga chiqarilgandan so'ng, polyak mavsumning qolgan qismida 28ta o'yinda 16ta gol urdi. Jiddiy farq! Ko'rinib turibdiki, Pyontek - Ballardini tizimining ideal forvardi.

4) Mish-mishlarga ko'ra, "Jenoa" Pyontekni xarid qilish huquqi bilan ijaraga oladi. Ijara/transfer narxi 25 million evro atrofida bo'lishi mumkin. Agar o'yinchi shuncha pulga olinsa, u har qanday vaziyatda boshlang'ich tarkibda o'ynaydi. Jamoa haqiqiy asosiy forvardni oladi. Ikkinchi hujumchi rolida esa 7-8 nafar nomzod bo'ladi. Bu erda SHomurodovga juda ham qiyin bo'ladi.

5) Ballardini SHomurodovga unchalik ishonch bildirmayapti degan fikr mavjud. Uning qo'l ostida "Jenoa"ning joriy mavsumdagi yagona o'yinida SHomurodov hattoki zaxiradan ham tushmadi. Zaxira o'rindig'idan o'yinga Skamakka va Pyanca tushirildi. SHunday ekan Pyontekning paydo bo'lishi SHomurodovni chuqur zaxiraga yo'l oldirishi mumkin.

Reyting: -53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика